2024-yil 16-noyabr kuni “InnoWeek.Uz-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Hududlarni innovatsion rivojlantirish: muammolar va echimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.R. Rajabbayev ochib berdi. Seminarda davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, innovatsion tuman va shahar hokimlarining innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, yosh izlanishlar, tadqiqotchilar va olimlar ishtirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi – hududlarni ilmiy asoslangan innovatsion rivojlantirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Seminarda Shveytsariya, Turkiya, Bolgariya va Jahon banki ekspertlari o‘z mamlakatlaridagi innovatsion rivojlanish tajribalari bilan bo‘lishdi. Ular orasida Ruslan Lantsov, Asel Qalambayeva, Dr. Muhammad Sedat Kolchuoglu va Vesselin Halachev kabi mutaxassislar ham bor edi.
Tadbir davomida Ispaniya va Turkiya tajribasi asosida hududiy innovatsion ekotizimlarni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Seminarda 100 dan ortiq tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Seminar yakunida O‘zbekiston hududlarida innovatsion rivojlanish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.