Sovuq atmosferali plazma radikallari ta’sirida gʻo‘zaning Genofond-3 va Niso navlarining sho‘rlanish va qurgʻoqchilikka bardoshlilik potensialini oshirib birlamchi urugʻchligini tashkil etish

  • GENETIKA VA OʻSIMLIKLAR EKSPERIMENTAL BIOLOGIYASI INSTITUTI
  • qishloq xo'jaligi
  • Ilmiy loyihalar

Dunyo miqqiyosida tobora suv va tuproq sho‘rlanish muammosi asosiy mintaqaviy dolzarb muammolar biri xisoblanib kelinmoqda .Shu nuqtayi nazardan ushbu loyiha asosida turli tabiiy streslarga bardoshli g‘o‘zaning Genofond-3 va Niso navlarini respublikamizning Qaraqolpoqiston Respublikasi  Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro, Sirdaryo, Jizzax viloyatlaridagi sugʻorish ogʻir bo‘lgan xududlarida ushbu navlarning urugʻlik chigitiga Sovuq atmosferali plazma radikallari ta’sir ettirib sho‘rlanish va qurgʻoqchilikka bardoshlilik potensialini oshirib respublikaning sugʻorish ogʻir xududlarida ushbu navlarining birlamchi urugʻchligini ashkil etib rivijlantirish. Loyihani bajarilishi uchun ushbu navlarning urug’lik chigitlari Sovuq atmosferali plazma radikallari ta’siri ettirilib original urugʼlar tayyorlandi. Loyiha doirasida foydalaniladigan go’zaning “Genofond-3” va “Niso” navini boshlangʼich urugʼchilik tizimi 2 yillik sxemada olib boriladi:

 

              -birinchi yilgi urugʼchilik koʼchatzori,

 

              -ikkinchi yilgi urugʼ koʼpaytirish koʼchatzorida original urugʼlar yetishtiriladi.

 

         Go’zaning “Genofond-3” va “Niso”  navlari boʼyicha birinchi yilgi urugʼchilik koʼchatzori uchun  har bir nav uchun 0.30 gektar maydonga  selektsiya koʼchatzori dalasidan 330-360 ta oila yakka tanlov asosida urugʼlar tanlab olinadi. Iikkinchi yilgi urug’ ko’paytirish uchun 0.70 gektar maydonga ekib etishtiriladi. Har ikkala koʼchatzorda dala koʼriklari kamida 3 martta oʼtkaziladi. Dala koʼriklari natijasida navga xos boʼlmagan, kasallangan, rivojdan orqada qolgan oʼsimliklar aniqlansa u holda oʼsha oila toʼliq chiqitga chiqariladi. Original urugʼliklar mosh navining ikkinchi yilgi koʼpaytirish koʼchatzoridan olingan urugʼlardan foydalaniladi.

 

Urug’ koʼpaytirish koʼchatzorlarida dala koʼrigi va fenologik kuzatuv ishlari olib boriladi va hududga moslanuvchanligi boʼyicha yakka hamda ommaviy tanlov ishlari oʼtkaziladi. Fenologik kuzatuvlar davomida oʼsimliklarni navga hos morfoxoʼjalik belgilari rivojlanishning barcha fazalarida tahlil qilinadi.

 

            Xozirgi kunda ushbu navlarning birlamchi urugʻchiligi sirdaryo viloyati boyavut tumanida yetishtirilayapti.Kelgusi yilda ushbu navlarning urug’lik chigiti 1000 gektarga zaxirasi kuzatilyapti

GENETIKA VA OʻSIMLIKLAR EKSPERIMENTAL BIOLOGIYASI INSTITUTI

GENETIKA VA OʻSIMLIKLAR EKSPERIMENTAL BIOLOGIYASI INSTITUTI

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Yuqori yuz MFY Yuqori yuz koʼchasi 266 uy
  • sai-baboev@yandex.ru
  • +998977546546
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket