Daryo va kanallarda suv oqimini boshqaradigan hamda suvning sanoat korxonalaridan chiqadigan suvni ifloslantiruvchi moddalarni aniqlovchi yagona kompleks tizim
Uskuna suv oqimi, loyqalik, harorat, pH,
mineralizatsiya, organik ifloslantiruvchilar, fosfat, nitrat, nitrit, temir,
mis va xrom ionlari kabi asosiy parametrlarni o‘lchash imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Bu manfaatdor tomonlarga suv boshqaruvi bo‘yicha asosli qarorlar qabul
qilish imkonini hamda suv resurslaridan yanada samarali foydalanish usullarini
joriy etishga va ifloslanishning oldini olishga yordam beradi. Loyihaning
maqsadi davlat organlari, suv boshqaruvi tashkilotlari, mahalliy jamoalar va
sanoat hamkorlari o‘rtasida aloqa va ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yishdir.
Dashbord sensorlardan olingan real vaqt rejimidagi ma’lumotlarini namoyish
qiladi, bu esa manfaatdor tomonlarga suv sifati ustidan nazoratni amalga
oshirish va o‘z vaqtida choralar ko‘rish imkoniyatini beradi.