Janubiy Orolqum hududi ekologik sharoitiga moslashgan o‘simliklarning hujayra texnologiyasi asosida yangi formalarini yaratish
Laboratoriya sharoitida ilk bor O‘zbekistonning
mahalliy istiqbolli dorivor va fitomeliranti bo‘lgan Lycium ruthenicum va
Nitriaria schoberi o‘simliklari in vitro sharoitida kulturaga kiritildi.
Ilk bor Lycium ruthenicum va Nitriaria schoberi
o‘simliklari xloridli tuzlarini ozuqa muhitga qo‘shish orqali o‘simlik
hujayra va to‘qimalari in vitro sharoitida kulturaga o‘tkazildi va turli xil
konsentrasiyada o‘sish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.
Respublikamiz cho‘l mintaqalaridagi stress
sharoitlarda o‘suvchi Lycium ruthenicum va Nitriaria schoberi o‘simlik
turlaridagi sho‘rxoklik stressiga javob beruvchi WRKY, DREB, NAC, va Na+/H+
genlarning polimeraza zanjir reaksiyasini amalga oshirish uchun turli
bioinformatik dasturlar va NCBI ma'lumotlar ba'zasidan foydalanib maxsus
praymerlar dizayni ilk bor yaratildi