Oqava suvni qayta ishlash
Binolarda ichimlik suvini 60-70 % gacha tejab qolish imkoniyati.
Telegramdagi va youtubedagi umumiy ma'lumotlar uchun link:
https://t.me/camu_tech_startap1
https://www.youtube.com/@camu_tech
CAMU_TECH jamoasi tomonidan taklif etilayotgan bu startap loyiha hozirgi
kundagi aktual muammolarni hal qilishda iqtisodiy, ijtimoiy va tibbiy jihatdan
katta foyda keltiradi. Quyida bu muammolar va ularning yechimlari bilan
tanishib chiqamiz va loyihaning qisqacha mazmunini tasvirlaymiz.
Ichimlik suvi isrof bo’lish.
Suv inson hayoti va tabiatga zarur bo‘lgan eng oliy ne’matlardan
biridir.
Ma’lumki, O‘zbekiston hududida ayni bahor oylarida yog‘ingarchiliklar
juda ham ko‘payadi (aprel oyi 2022 yilda hisobiga ko‘ra Toshkentda bir oyda 9
mm (me’yoridan 14%) yog‘ingarchilik kuzatildi). Biz kuzatishlarimiz asosida bu
tabiat inomlaridan oqilona foydalana olmayotganimizni tan oldik va o‘z
loyihamiz orqali bu tabiat inomlaridan oqilona foydalanish hamda bu suvlarni
texnik suvlar sifatida ishlatish orqali ichimlik suvini tejashni
rejalashtirmoqdamiz.
Biz yomg‘ir suvlaridan oqilona foydalanish orqali binolardagi
kanalizatsiya tizimini tubdan o‘zgartirib, har bir bino o‘z-o‘ziga xizmat
prinsipini qo‘llashni niyat qilganmiz. Ya’ni, yomg‘ir suvlarini texnik suvlar
sifatida ishlatish orqali binolardagi faqat hojatxona uchun ishlatiladigan suv
miqdorini kamaytirish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, bu tizimni faqat
birgina bino uchun qo‘llab, ortiqcha xarajatlarni oldini olish hamda tabiiy
ichimlik suvini 70% gacha tejashni rejalashtirmoqdamiz.
Biz bu tizimimiz orqali yog‘ingarchilik mavsumidagi yomg‘ir suvlaridan
oqilona foydalanib, bu suvlarni hojatxona uchun qayta-qayta ishlatish orqali
suv sarfini tejash hamda ichimlik suvlaridan oqilona foydalanishni
rejalashtirmoqdamiz.
Telegram youtube tarmoqlaridagi video va to'liq ma'lumotlar uchun
linklar:
https://t.me/camu_tech_startap1/18
https://t.me/camu_tech_startap1/12
https://www.youtube.com/watch?v=xWhJ_BMOyiw