Takroriy muddatlar uchun moshning yangi yaratilgan “Ishonch” navining urugʼchiligini tashkil etish va tijoratlashtirish

  • GENETIKA VA OʻSIMLIKLAR EKSPERIMENTAL BIOLOGIYASI INSTITUTI
  • qishloq xo'jaligi
  • Mahalliy loyihalar

Mosh navlarini asosan takroriy ekin sifatida ekish uchun sinab ko‘rish, sanoatlashgan usulda katta maydonlarda yetishtirilgan mosh hosilini yangi zamonaviy- mexanizatsiyalashgan usulda yig‘ib olishga mos bo‘lgan navlarni shuningdek seleksiyani analitik uslubidan foydalanib, yakka tanlov yo‘li bilan ajratib olingan yangi oilalarni shu genotipga mos bo‘lgan urug‘larini ko‘paytirish ishlari loyihaning asosiy vazifalaridan biridir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish natijasida, moshning yangi Ishonch navni, fermer xo‘jaliklari va agroklasterlari uchun original sifatli urug‘lik tayyorlanadi.

Loyihani bajarilishi uchun institut ilmiy-tajriba stansiyasi dalasida original urug‘lar tayyorlandi. Loyiha doirasida foydalaniladigan moshning “Ishonch” navini boshlang‘ich urug‘chilik tizimi 2 yillik sxemada olib boriladi:

              -birinchi yilgi urug‘chilik ko‘chatzori,

              -ikkinchi yilgi urug‘ ko‘paytirish ko‘chatzorida original urug‘lar yetishtiriladi.

Moshning “Ishonch” navi bo‘yicha birinchi yilgi urug‘chilik ko‘chatzori uchun seleksiya ko‘chatzori dalasidan 300-350 ta tipik o‘simliklardan yakka tanlov asosida urug‘lar tanlab olinadi va har-bir yakkatanlov urug‘lari 50 ta uyaga ekiladi. Qatorning bir metriga 10 sm.dan bitta uyaga bitta ko‘chat qoldirilib, har 5 metrga bitta yakka tanlov urug‘lari ekib joylashtiriladi. Shunda 300-350 ta yakka tanlovlar 1500-1600 metr qatorga ekib joylashtiriladi. Olingan o‘simliklarda dala ko‘riklari (fenologik kuzatuvlar, biometrik va laboratoriya (kraxmal, kletchatka, oqsil miqdori) tahlillari o‘tkazilib, navga xos bo‘lmagan, rivojdan orqada qolgan, kasallik va zararkunandalar bilan zararlangan, don tarkibida oqsil miqdori kam bo‘lgan o‘simliklar chiqitga chiqarilgandan keyin, 200-250 ta eng yaxshi oilalar keyingi yilda urug‘ ko‘paytirish ko‘chatzorida ko‘paytirilib original urug‘lar tayyorlanadi. Har ikkala ko‘chatzorda dala ko‘riklari kamida 2 martta o‘tkaziladi. Har bir ko‘chatzorda kamida ikkita dala ko‘riklari natijasida 2 foizdan ortiq navga xos bo‘lmagan, kasallangan, rivojdan orqada qolgan o‘simliklar aniqlansa u holda o‘sha oila to‘liq chiqitga chiqariladi. Original urug‘liklar mosh navining ikkinchi yilgi ko‘paytirish ko‘chatzoridan olingan urug‘lardan foydalaniladi.

Ko‘paytirish ko‘chatzorlarida dala ko‘rigi va fenologik kuzatuv ishlari olib boriladi va hududga moslashuvchanligi bo‘yicha yakka hamda ommaviy tanlov ishlari o‘tkaziladi. Fenologik kuzatuvlar davomida o‘simliklarni navga xos morfoxo‘jalik belgilari rivojlanishning barcha fazalarida tahlil qilinadi.

            O‘rganiladigan mosh navining 1000 dona don og‘irligi va boshqa qimmatli-xo‘jalik belgilari, kraxmal, kletchatka, oqsil miqdori bo‘yicha laboratoriya tahlili o‘tkaziladi.

GENETIKA VA OʻSIMLIKLAR EKSPERIMENTAL BIOLOGIYASI INSTITUTI

GENETIKA VA OʻSIMLIKLAR EKSPERIMENTAL BIOLOGIYASI INSTITUTI

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Yuqori yuz MFY Yuqori yuz koʼchasi 266 uy
  • sai-baboev@yandex.ru
  • +998977546546
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket