Chaqaloqlar uchun innovatsion tarozi
Sovuq haroratli tarozda tortilgan chaqaloqlar uchun bir qancha xavflar
mavjud. Tug‘ilgandan so‘ng chaqaloqlarning tana harorati juda muhimdir,
chunki ularning immun tizimi hali to‘liq rivojlanmagan bo‘ladi. Sovuq sharoitda
o‘lchangan chaqaloqlar quyidagi muammolarga duch kelishi mumkin:
Gipotenziya: Tana harorati
past bo‘lganda, chaqaloqning qon bosimi pasayishi mumkin, bu esa qon
aylanishini qiyinlashtiradi.
Infektsiya xavfi: Sovuq
harorat immun tizimini zaiflashtirishi
va chaqaloqlarni turli infektsiyalarga ochiq qoldirishi mumkin.
Gipoterma: Tana haroratining
xavfli darajada pasayishi chaqaloqni hayot uchun xavfli holatga olib kelishi
mumkin. Shu sababdan tug‘ruqxonalarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar vaznini o‘lchaydigan
hamda isitish tizimiga ega elektron tarozi ishlab chiqildi.