Cho‘yan materiallari va unga o‘xshagan metall payvandlari uchun ishlab chiqariladigan elektrodlar
O‘zbekiston Respublikasidagi ichki bozordagi raqobatni oshirish maqsadida ishlab chiqilgan ko‘p qirrali elektrod maxsuloti nafaqat cho‘yan qotishmalariva boshqa metal markalariga keng ko‘lamda foydalanishi ko‘zda tutilmoqda.
Loyihaning asosiy
maqsadi:
Cho‘yan va boshqa metall qotishmalar uchun yuqori sifatli elektrodlar
ishlab chiqarish orqali ichki bozorni diversifikatsiya qilish va mahalliy
metallurgiya sanoatini rivojlantirishdir. Bu mahsulotlar sifatli payvandlash
jarayonlarini ta’minlash va ishlab chiqarishni optimallashtirishga xizmat qilad.
Xomashyo tanlash:
Elektrodlar ishlab chiqarish uchun yuqori sifatli
xomashyo tanlanadi. Cho‘yan va boshqa metall qotishmalari, shuningdek, kerakli xususiyatlarga ega bo‘lgan
qo‘shimchalar (mis, nikeldan) xomashyo sifatida ishlatiladi.
Elektrodlar ishlab
chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Qoplamalar: Elektrodlar qoplamalari tayyorlanadi, bu payvandlash jarayonida issiqlik va mexanik ta’sirga bardosh berishga yordam beradi.Tayyor elektrodlar o’ziga xos sifat va qobiliyatga ega bo‘lishi uchun qayta ishlanadi.
Sifat nazorati:
Har bir ishlab chiqarish bosqichida sifat nazorati o‘tkaziladi. Bu mexanik, kimyoviy va fizik xususiyatlarni tekshirishni o‘z ichiga oladi. Sifatni ta’minlash bo‘yicha alohida chora-tadbirlar ko‘riladi.Tayyor elektrodlar standartlarga muvofiq qadoqlanadi va ichki bozorga yetkazib beriladi. Mahsulotning sifatini saqlash uchun zaruriy saqlash shartlari va transport normativlari amal qilinadi.
Loyihaning afzalliklari:
Ichki bozorni diversifikatsiya qilish: Mahalliy elektrod ishlab chiqarish O‘zbekiston metallurgiya sanoatining ichki bozorini mustahkamlashga yordam beradi va xorijiy mahsulotlarga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytiradi.Mahsulotlarning raqobatbardosh narxlarda ishlab chiqarilishi iste’molchilarga samarali va sifatli yechimlarni taqdim etadi. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan elektrodlar sifatli va ishonchli bo‘lishi bilan ajralib turadi, bu esa payvandlash jarayonlarida yaxshi natijalarga erishishga yordam beradi.
Innovatsion yechimlar: loyihada zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va innovatsion materiallardan foydalanish nazarda tutilgan. Bu esa sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishda yangiliklarni kiritadi.
Iqtisodiy rivojlanish: mahalliy elektrod ishlab chiqarish sanoatni
rivojlantirishga yordam beradi, yangi ish o‘rinlarini yaratadi va iqtisodiy o‘sishni
ta’minlaydi.
Texnologik taraqqiyot: innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish O‘zbekistonning metallurgiya sohasidagi taraqqiyotini ta’minlaydi. Loyihada ishlab chiqarilgan elektrodlar cho‘yan materiallari va boshqa metall qotishmalari uchun payvandlashda, shuningdek, avtomobil sanoati, qurilish va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi.