Suv-spirtli eritmalarni mahalliy adsorbentlar bilan tozalash
Hozirgi kunda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan Rossiyada ishlab chiqarilayotgan BAU-A markali yog'och ko'mirlarini (adsirbent) import sifatida sotib olishmoqda. Asosiy maqsad shuki, adsorbentlarni mahalliy daraxtlar asosida ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish. Loyihaning maqsadi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda suv-spirtli eritmalarni tozalash jarayonida ishlatiladigan BAU-A markali yog'och ko‘mirlar (adsorbentlar) o‘rnini bosuvchi mahalliy daraxtlar asosida adsorbentlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish. Import o‘rnini bosish orqali Rossiyadan olib kelinayotgan BAU-A markali yog'och ko‘mirlarini mahalliy xom ashyolar bilan almashtirish. Mahalliy daraxt turlaridan sifatli adsorbent ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish. Daraxtlardan tayyorlanadigan adsorbentlar ekologik toza bo‘lishi va mahalliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashi.
BAU-A markali yog‘och ko‘mir — yog‘ochdan tayyorlangan yuqori darajadagi faollashtirilgan uglerod adsorbenti bo‘lib, u suv-spirtli eritmalarni filtratsiya va tozalashda keng qo‘llaniladi. Ushbu materialning yuqori adsorbtsiya qobiliyati bor, ya’ni o‘zida zararli moddalar va aralashmalarni tutib qoladi.Mahalliy daraxt turlaridan ishlab chiqarilgan adsorbentlar xuddi shunday xususiyatlarga ega bo‘lishi uchun texnologik jarayonni o‘rganish va optimallashtirish muhimdir. Mahalliy daraxt turlari (masalan, qayin, terak, yong‘oq, eman) tahlil qilinadi va adsorbent sifatida ishlatish uchun eng samarali turlari aniqlanadi. Tanlangan daraxt materiallari yuqori haroratda piroliz (kislorodsiz yonish) jarayonidan o‘tkaziladi, bunda ular uglerodga aylanadi va ko‘mirga aylantiriladi. Uglerodlangan materialni faollashtirish uchun fizik yoki kimyoviy usullar qo‘llaniladi. Bu jarayon adsorbentning mikrog‘ovakli tuzilmasini yaratishga imkon beradi, bu esa uni samarali tozalash xususiyatlariga ega qiladi.
Ishlab
chiqarilgan adsorbentlarning adsorbtsiya qobiliyati (masalan, spirtli
eritmalardan zararli aralashmalarni o‘zida tutish xususiyati) sinovdan
o‘tkaziladi.
Qiyosiy tahlil orqali mahalliy adsorbentlarning BAU-A
ko‘mirlariga nisbatan samaradorligi baholanadi. Import qilinadigan BAU-A markali
adsorbentlar o‘rniga mahalliy xomashyodan foydalanish orqali ishlab chiqarish
xarajatlari kamayadi.
Mahalliy
daraxt turlaridan tayyorlangan adsorbentlar iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib,
milliy resurslarni samarali ishlatish imkonini beradi. Yog‘och asosida ishlab
chiqarilgan adsorbentlar tabiiy, qayta ishlanishi mumkin va ekologik zarar
keltirmaydi. Mahalliy daraxt turlarining boyligi va xilma-xilligi turli
texnologik jarayonlarga moslashuvchanlik yaratadi, bu esa turli-tuman ishlab
chiqarish talablariga mos keladigan adsorbentlarni ishlab chiqarishga imkon
beradi.
Bu loyiha
suv-spirtli eritmalarni tozalashda ishlatiladigan adsorbentlarni mahalliy
daraxt turlaridan ishlab chiqarish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshiradi va
ekologik jihatdan toza texnologiyalarni rivojlantiradi. Shu bilan birga,
alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar uchun arzonroq, mahalliy
alternativalarni taqdim etadi.