Olovsiz ovqatni qizdirgich komponentini ishlab chiqarish
Loyihaning asosiy maqsadi ovqatni olovsiz
qizdirish uchun maxsus kimyoviy kompozitsiyani yaratish va uni qizdiruvchi
sistema sifatida sinab ko‘rishni ko‘zda tutadi. Bu texnologiya
foydalanuvchilarga elektr toki yoki gaz kabi an’anaviy energiya manbalarisiz
ovqatni qizdirish imkonini beradi. Ovqatni qizdirish uchun ishlatiladigan
komponentlar kimyoviy reaktsiyaga kirishishi natijasida issiqlik hosil qiladi.
Odatda bu reaktsiyalar suv va metall oksidlari (masalan, kaltsiy oksidi) yoki
boshqa reaktiv moddalarning birikmasi asosida amalga oshiriladi. Bunday
kompozitsiya suv bilan reaktsiyaga kirishganda issiqlik chiqaradi, bu issiqlik
ovqatni qizdirish uchun yetarli bo‘ladi. Maxsus idish yoki paket ichida
joylashtirilgan ovqat qizdirgich kompozitsiya bilan birga qo‘yiladi. Foydalanuvchi
suvni qizdiruvchi kompozitsiyaga qo‘shib, reaksiyani boshlaydi. Natijada hosil
bo‘lgan issiqlik ovqatni kerakli haroratgacha qizdiradi. Ushbu jarayon to‘liq
xavfsiz bo‘lib, olovsiz amalga oshiriladi.
Kompozitsiyaning asosiy
komponentlari tanlab olinadi va reaksiyaning optimal sharoitlari ishlab
chiqiladi. U qizdirishda kerakli issiqlik miqdorini chiqarishi lozim va uni
qo‘llash xavfsiz bo‘lishi kerak.
Kompozitsiya har xil iqlim sharoitlarida ishlatilishi mumkinligi uchun
uning barqarorligi va samaradorligi sinovdan o‘tkaziladi. Tayyorlangan
qizdirgich komponent turli ovqat qadoqlari va paketlarida sinab ko‘riladi. Ovqatni
tez, xavfsiz va bir xil tarzda qizdirishi uchun optimal dizayn ishlab
chiqiladi. Texnologiyaning xavfsizligi alohida ahamiyatga ega. Komponentlar
reaksiyaga kirishayotganda yonuvchi yoki portlovchi moddalar hosil qilmasligi
kerak.
Bundan tashqari,
foydalanuvchilar uchun atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan texnologiya
yaratilishi lozim. Quvvat manbasiga ehtiyoj yo‘q: Ushbu texnologiya orqali har
qanday joyda elektr yoki gazga ehtiyoj sezmasdan ovqatni qizdirish mumkin
bo‘ladi. Bu favqulodda holatlarda, sayohatlar yoki harbiy sharoitlarda juda
qulay hisoblanadi. Foydalanuvchiga faqat suv qo‘shish yetarli
bo‘ladi. Ovqatni issiqlik manbaisiz osonlik bilan qizdirish mumkin. O‘choq yoki
gaz plitasi kabi olovli manbalarga ehtiyoj bo‘lmagani sababli, texnologiya
xavfsizdir. Yonish yoki portlash xavfi minimal darajada. Jarayon minimal miqdorda
suv talab qiladi va havo yoki atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Texnologiya
ixcham va yengil bo‘lgani uchun uni sayohatga olib ketish, dala sharoitida
ishlatish qulaydir.
Loyiha quydagi sohalarda:
Harbiy xizmat: Askarlar
har qanday sharoitda tezda ovqatni tayyorlashlari mumkin bo‘ladi.
Favqulodda vaziyatlar:
Qutqaruv ishlarida yoki tabiiy ofatlar vaqtida ovqat yetishmasligi yoki elektr
tarmog‘i ishlamasligi holatlarida ishlatilishi mumkin.
Sayohatlar va turizm:
Kamping yoki uzoq safarlar paytida elektrsiz ovqat tayyorlash imkonini beradi.
Bu texnologiya oziq-ovqat sanoatida innovatsion yechim sifatida katta
imkoniyatlarga ega va foydalanuvchilarga o‘z ehtiyojlarini har qanday sharoitda
qondirish imkonini beradi.