Uchuvchusiz boshqriluchi apparatlar uchun portativ lazer lidar qurilmasi maketini yaratish

  • TOSHKENT KIMYO - TEXNOLOGIYA INSTITUTI
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

      Respublika hududidagi agrar sohaga ixtisoslashgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun ekinzorlar holatini ekspress monitoring qiluvchi mobil lazer optik qurilma maketini yaratish va sinovdan o‘tkazish. Ushbu qurilma uchuvchisiz boshqariladigan apparatlar (dronlar)ga o’rnatishga mo‘ljallangan. Loyihaning maqsadi Respublika agrar sohasida faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlari uchun dronlarga o‘rnatiladigan portativ lazer lidar qurilmasi maketini yaratish, bu qurilma yordamida ekinzorlarning holatini tezkor ravishda monitoring qilish imkonini yaratish va sinovdan o‘tkazishdir. Portativ lazer lidar texnologiyasidan foydalanib, ekinzorlarning real vaqt rejimida yuqori aniqlikdagi monitoringini ta’minlash. Uchuvchisiz boshqariladigan apparatlar (dronlar) yordamida tezkor va samarali monitoringni tashkil qilish. Ekinzorlar uchun optimallashtirilgan lazer lidar texnologiyasini yaratish va sinovdan o‘tkazish orqali fermer xo‘jaliklarining hosildorligini oshirish va ekinzorlarni kuzatish jarayonini avtomatlashtirish.

      Lidar (Light Detection and Ranging) texnologiyasi — bu yorug‘lik impulslarini nishonga yo‘naltirib, aks etgan signallarni qayta ishlash orqali muayyan ob'ektlar haqidagi ma'lumotlarni yig‘ishga asoslangan texnologiyadir. Lidar texnologiyasi portativ shaklda dronlarga o‘rnatiladi va ular yordamida ekinzorlar, maydonlar, hosilning holati va o‘suvchanligi haqida aniq ma'lumotlar olish imkoniyati yaratiladi.

       Lazer optik sensorlar: Qisqa va uzoq masofalardagi ob'ektlarni aniqlash uchun yuqori sezgir lazer datchiklari. Qurilma kichik va yengil bo‘lib, har xil turdagi dronlar uchun moslashuvchan bo‘ladi. Ekinzorlar holatini (namlik, o‘suvchanlik, tuproq xususiyatlari) tezkor monitoring qilish va ma'lumotlarni qayta ishlash. Qurilma uzoq muddat ishlashi uchun optimallashtirilgan, past quvvat talab qiladi. Uchuvchisiz boshqariladigan apparatlar yordamida to‘plangan ma'lumotlarni yerga uzatish va ularni tahlil qilish uchun zamonaviy aloqa texnologiyalari qo‘llaniladi (Wi-Fi, 4G/5G). Qurilma qiyin iqlim sharoitlarida ham ishlash qobiliyatiga ega bo‘ladi.

      Ekinzorlarning holatini tezkor va aniq monitoring qilish orqali, xo‘jaliklar hosildorlikni oshiradi, resurslar samarali taqsimlanadi va suvni tejash imkoniyati kengayadi. Mexanik monitoring va inspeksiya jarayonlariga ketadigan mablag‘larni sezilarli darajada kamaytiradi. Yerning sifatini aniqlash, tuproq holati va ekinlarning rivojlanishi haqidagi ma'lumotlar hosildorlikni maksimal darajada oshirishga imkon beradi. Monitoring jarayonining avtomatlashtirilishi fermerlarning vaqtini tejash va tezkor qaror qabul qilish imkonini beradi.

       Lidar komponentlarini yig‘ish va montaj qilish: Yengil vaznli, dronlarga moslashuvchan lazer optik tizimini ishlab chiqish. Portativ qurilmani kichik hajmdagi ekinzorlarda sinovdan o‘tkazish. Qurilma tomonidan to‘plangan ma'lumotlarni monitoring qilish va real vaqt rejimida tahlil qilish imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish. Qurilmaning samaradorligi, aniqligi va energiya sarfi sinovdan o‘tkaziladi va loyihani optimallashtirish ishlari amalga oshiriladi.

        Loyiha muhim agrar jarayonlarni texnologik kuzatuv bilan integratsiyalashni osonlashtiradi va bu nafaqat respublika agrar sohasini rivojlantirishga, balki ekologik va iqtisodiy barqarorlikni saqlashga ham xizmat qiladi.

TOSHKENT KIMYO - TEXNOLOGIYA INSTITUTI

TOSHKENT KIMYO - TEXNOLOGIYA INSTITUTI

Toshkent sh., 100011, Navoiy ko‘chasi, 32
  • info@tkti.uz
  • +998712447921
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket