Web saytlarning avtorizatsiya qismida yuzni tanib olish sun’iy intellekt algoritimi orqali o‘z profiliga kirish ilovasi.
Loyihamizning
asosiy maqsadlaridan biri bu
zamonaviylashtirilgan texnologiyalar bilan taminlash va ularni
rivojlantirish hisoblanadi. Buning uchun esa biz “REG.AI” platformamizdan foydalanamiz.
Sun’iy intellekt texnologiyalari har bir sohada qo‘llanilayotganligi
barchamizga ma’lum, shu boyis ilovalarda ham bu aqilliy texnologiyalarni jore
qilish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Platformamiz sun’iy intellekt algoritmlari asosida
ishlaydi. Dastur orqali har bir foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tadi va ro‘yxatdan
o‘tgandan so‘ng hech qanday buyruqlar va ma’lumotlarni kiritishlarsiz yuzni
skanerlash orqali foydalanuvchi va ma’lumotlarini aniqlaydi. Shundan so‘ng ilovaga
kirish imkoniyatini yaratadi. Bu ro‘yxatdan o‘tish usuli bizga katta qulaylik
va yengillik yaratadi. Ma’lumki har birimiz qandaydir tizim va ilovalar orqali
ro‘yhatdan o‘tganimizdan keyin bizda aniq login va parolni kiritishimiz shart
bo‘ladi. Bu esa bazi noqulay joylarda, jumladan klavyaturada yozish imkoiyati
yo‘q bo‘lgan hollarda, shoshilinch paytlarda va login va parollarni eslay
olmagan paytlarda juda katta qulayliklar yaratadi.