Meva va poliz mahsulotlarining ikkilamchi mahsulotlaridan kukun olish texnologiyasi

  • TOSHKENT KIMYO - TEXNOLOGIYA INSTITUTI
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

   Meva, poliz mahsulotlari va ularni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan  ikkilamchi mahsulotlar(po'stloq, sedra, siqma)dan oziq-ovqat mahsulotlarida qo'llaniladigan kukun olinadi. Mazkur kukunlar oziq ovqat mahsulotlari retseptida to'ldiruvchi, aromatizator, bo‘yoq, shirinlashtirgich, stabilizator va boshqa qo'shimchalar sifatida qo'llanilishi mumkin.

         Loyihaning asosiy maqsadi:

Meva va poliz mahsulotlarini qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan barcha resurslardan samarali foydalanib, ulardan kukun shaklidagi qo‘shimchalar yaratishdir. Bu qo‘shimchalar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi.

         Texnologiyaning ishlash jarayoni:

         Xomashyoni yig‘ish va tayyorlash:

Meva va poliz mahsulotlari (olma, anor, qovoq, tarvuz, qovun va boshqalar) hamda ularning qayta ishlash jarayonida hosil bo‘lgan ikkilamchi mahsulotlari (meva po‘stlog‘i, sedra, siqma) yig‘iladi va ajratib olinadi.

Po‘stlog‘, siqma kabi qismlar ayniqsa foydali moddalarga boy bo‘lganligi uchun qayta ishlashda asosiy xomashyo sifatida foydalaniladi.

         Quritish:

Xomashyo tayyorlangandan keyin ularni quritish jarayoni amalga oshiriladi. Quritishning asosiy maqsadi xomashyoning namlik darajasini pasaytirishdir, bu esa uni keyinchalik maydalab kukun holatiga keltirishni osonlashtiradi. Quritish jarayoni turli usullarda amalga oshirilishi mumkin: infraqizil, vakuumli, havoda yoki zamonaviy muzlatib quritish texnologiyalari qo‘llaniladi.

         Maydalash va kukun olish:

Quritilgan mahsulotlar maxsus uskunalarda maydalab, kukun holiga keltiriladi. Bu jarayon mahsulotning tabiiy rangi, hidi va ta’mini saqlab qolish uchun nazorat ostida o‘tkaziladi. Natijada olinadigan kukun juda mayda zarrachalarga ega bo‘lib, keyingi texnologik jarayonlarga tayyor bo‘ladi.

         Qo‘llanish imkoniyatlariga moslash:

Olingan kukunlarning xossalari va kimyoviy tarkibi (vitaminlar, minerallar, antioksidantlar) oziq-ovqat mahsulotlarida qo‘llanishi uchun moslab o‘rganiladi.

Kukunlar oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shimcha sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan sifatlar: to‘ldiruvchi, aromatizator, bo‘yoq, shirinlashtirgich, stabilizator va boshqa xususiyatlarni ta’minlaydi.

         Kukunlarning oziq-ovqat sanoatidagi qo‘llanishi:

         To‘ldiruvchi sifatida:

Kukunlar tayyor mahsulotlarning umumiy massasini oshirish, ularning energetik qiymatini boyitish uchun ishlatiladi.

TOSHKENT KIMYO - TEXNOLOGIYA INSTITUTI

TOSHKENT KIMYO - TEXNOLOGIYA INSTITUTI

Toshkent sh., 100011, Navoiy ko‘chasi, 32
  • info@tkti.uz
  • +998712447921
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket