Suv sathi va sarfini o’lchovchi elektron uskuna ishlab chiqarish
Maqsadi: SMITM tomonidan
tayyorlangan “Suv sathi va sarfini o‘lchovchi (Aqlli suv) elektron uskuna” suv
xo‘jaligi sohasida (magistral, xo‘jaliklararo va ichki xo‘jalik) kanallari va
suv is’temolchilarining (fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar) suv olish
ariqlaridagi qurilgan gidropostlarda suvni sathini ultratovush sensor yordamida
aniqlashda foydalaniladi.
Vazifasi: Xozirgi kunda suv
xojaligi ob’ektlarini raqamlashtirish masalasi muhimligini e’tiborga olib
mazkur “Aqlli suv” elektron uskunasi suv xisobi va xisobotini yuritishni
osonlashtirib ma’lumotlarni masofadan turib real vaqt (onlayn) rejimida olish
va ularni qayta ishlash imkonini beradi. Bundan tashqari ma’lumotlarni kunlik,
o’n kunlik va oylar korinishida olinib, uskunani suv xo’jaligi vazirligi va
dalat soliq ko’mitasi bilan integratsiya qilinganligi olingan ma’lumotla
asosida foydalinilayotgan suv uchun xisob-kitoblarni o’z vaqtida bajarilishini
ta’minlaydi.
Ilmiy yangiligi: Uskunaning
xorijda jumladan Janubiy Koreyada va Xitoy Xalq Respublikasida ishlab
chiqarilgan uskunalarni analogi sifatida suv sathini turli chuqurlikda,
shuningdek xorijdagi analoglariga nisbatan (ultratovushli ko’rinishda 4
metrgacha, lazerli ko’rinishda 12 metrgacha o’lchash qobilyatiga ega) bundan
tashqari maxalliylashtirilganlik xisobiga narxi arzon va servis xizmatlari
bilan taklif qilinganligida.