Yangi turdagi energotejamkor,  samarador, zamonaviy qurilish materiallari yaratish texnologiyasi

  • ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
  • boshqalar
  • Ilmiy loyihalar

Prezidentimizning topshirig‘iga ko‘ra Bazalt xomashyosi qayta ishlanib, qurilishda keng qo‘llanilishi  soha xodimlari, olimlarga masʼuliyat qilib belgilandi. Unda “yangi uy-joy va ijtimoiy obyektlarda energiya sarfi 20 foizgacha kamaygani” taʼkidlandi. “Qurilishda bazaltdan tashqari ...... vermikulit aralashmasi kabi materiallarni ishlatib, energiya sarfini yana 2 baravar qisqartirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Vazifasi:  Loyihada Vermikulit va bazalt xom ashyosi asosida o‘ndan ortiq turdagi qurilish materiallari yaratish ko‘zda tutilgan. Bu mahsulotlar zamonaviy qurilish sohasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutuvchi  yangi tarkibli mahsulotdir. Hozirda Andijonda bazaltdan tola olish va vermikulit kombinatsiyasida yangi  turdagi qurilish materiallari namunalari yaratilgan.

Ilmiy yangiligi: Mahalliy xom ashyo- Vermikulit kukuni va bazalt tolalari  asosida yaratilgan qurilish materiallari issiqlik-sovuqlik, tovush va radiatsion nurlardan himoyalashi ilmiy asoslangan. Prezidentimiz tomonidan alohida eʼtibor berilgan bu sohaga 89-tur amaliy loyihalar tanloviga A.Zaparov  va 91-turga Sh.Yo‘ldoshevlar tomonidan  loyiha topshirilgan.

Issiqlik izolyatsiyasi bo‘yicha tajriba sinov natijalari  videosi ushbu saytda keltirilgan : https://youtu.be/-95c052R_h8

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

Andijon, Universitet ko‘chasi 129
  • muminov_mm@mai.ru
  • +998 97 4737405
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket