Gidrogeologik quduqlarda yer osti suvlarining sathini, haroratini va elektr o‘tkazuvchanligini avtomatik o‘lchash qurilmasi

  • GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK GEOLOGIYASI INSTITUTI
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

Yer osti suvlarini tadqiq qilish samaradorligini oshirishda avtomatlashtirilgan monitoring usuli, algoritmi va amaliy dasturlar majmuasini takomillashtirishdan iborat.

         Loyiha vazifasi:

- kuzatuv quduqlarida yer osti suvlari parametrlarini o‘lchashning hozirgi tizimlari va usullarini tahlil qilinadi;

- gidrogeologik ma’lumotlarni to‘plash uchun avtomatlashgan o‘lchov tizimini takomillashtirilib, tadqiq qilinadi;

- avtomatlashgan o‘lchov tizimining modeli, algoritmi va qurilma-dasturiy majmuasini takomillashtiriladi;

- yer osti suvlari parametrlarini yuqori aniqlikda o‘lchashning yangi usulini ishlab chiqiladi;

- turli gidrogeologik sharoitlarga ega yirik xalq xo‘jaligi obyektlari hududlarida yer osti suvlarining avtomatlashgan o‘lchov tizimlarini joriy qilinadi.

     Ilmiy yangiligi: - signallarni o‘lchash va raqamli ishlov berish asosida yer osti suvlarining avtomatlashgan monitoringi hamda axborot ta’minotini yaratishning kontseptual modeli ishlab chiqilishi;

- yer osti suvli qatlam ma’lumotlarini o‘lchash, yig‘ish va uzatishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda axborot-texnik ta’minotining infratuzilmasi ishlab chiqilishi;

- monitoring kuzatuv quduqlarida avtomatlashgan o‘lchov tizimlari asosida tashqi ta’sir signallarni yer osti suvlari parametrlariga o‘zgartirishning dastlabki raqamli ishlov berish algoritmlari yaratilishi;

- yer osti suvlari parametrlarini qayd qilish, yig‘ish va uzatish kompyuterli boshqarish qurilma – dasturiy modullarining o‘zaro hamkorlikda ishlash algoritmi va ko‘p kanalli signal o‘lchagichning funktsional sxemasi ishlab chiqilishi.

GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK GEOLOGIYASI INSTITUTI

GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK GEOLOGIYASI INSTITUTI

Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani , Olimlar ko‘chasi, 64-uy.
  • Gany82@mail.ru
  • +99890 175-27-34
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket