Toshqazgan koni ma’danidan elektrotexnika, metallurgiya va kimyo sanoatida foydalanishga yaroqli bo‘lgan grafit boyitmasini olish
Toshqazgan koni grafitli
ma’danidan tarkibida 98,4% uglerod saqlovchi yuqori sifatli mahsulot olish
imkonini beruvchi optimal texnologik sxema ishlab chiqildi. Ushbu boyitma
asosida metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, energetika, kimyo, yengil
va oziq-ovqat sanoatlari, asbobsozlik va sanoatning boshqa sohalarida
qo‘llanuvchi olingan yuqori sifatli grafit boyitmasi asosida sanoatning ko‘plab
sohalarida qo‘llanuvchi 10 turdagi material va tayyor mahsulotlar, jumladan
grafit elektrodi, grafitli elektr cho‘tkasi, tokopriyemnik, grebnesmazыvatel,
uplotnitel vtulkalar, grafit plastinalar, parraklar, listlar, bloklar va
futerovka qoplamalari uchun plitalar namunalari ishlab chiqarildi.
“MINERAL RESURSLAR INSTITUTI” DM
Olimlar ko’chasi