Rishton, Chust, Yangiqo‘rg‘on va Boysun tumanlari etnoturizm salohiyatini oshirishda local atributlardan foydalanish
Respublikamizning Chust,
Yangiqo‘rg‘on, Rishton va Boysun tumanlarida etnoturistik markazlarning tashkil
qilish orqali turizmni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, sayyohlar uchun zarur
bo‘lgan ma'lumotlar bazasini yaratish maqsad qilingan.
Ushbu maqsadga erishish uchun
loyiha doirasida quyidagi vazifalarni hal etish ko‘zda tutiladi:
- Mamlakatimizda etnoturistik
maskanlarning raqamli xaritasini yaratish bo‘yicha ma'lumotlarni jamlash;
- Respublikamizning barcha
mintaqalari bo‘ylab kompleks ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va to‘plangan
ma'lumotlarni ilmiy to‘plamlarda chop etish;
- Respublikamizning turli
hududlarida etnoturizm uchun mo‘ljallangan ob'ektlar ro‘yxati va respublika
bo‘ylab yo‘l xaritalarini tuzish va raqamli xaritaga birlashtirilgan mobil ilovasini yaratish;
- Respublika va xorijiy
ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali etnoturistik
manzilgohlarning keng targ‘ib qilish, xorijiy sayyohlar uchun mo‘ljallangan
turizm yo‘nalishlari aks etgan videoroliklar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarga
joylashtirish;
- Respublika va xorijiy
ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbeklar ma'naviy va
diniy merosiga oid an'analarini keng targ‘ib qilish, xorijiy sayyohlar uchun
mo‘ljallangan etnoturizmi yo‘nalishlari aks etgan videoroliklar tayyorlash
hamda xalqaro, milliy turizm portallarida keng targ‘ib etish
- “O‘zbekiston tarixi”, “Dunyo bo‘ylab” va
boshqa milliy teleradiokompaniyalar bilan hamkorlikda sayyohlik kompaniya va
tashkilotlar uchun O‘zbekistonning etnoturizm salohiyati, asosiy yo‘nalishlari
hamda rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan taqdimotlar va teleko‘rsatuvlar
o‘tkazilishi rejalashtirilgan.