Qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan meva chiqindi mahsulotlaridan davolovchi vositalar tayyorlash va ishlab chiqarish” (Uzum yog‘i ishlab chiqarish).
Loyiha O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-sonli qarorining 7-ilovasi bilan tasdiqlangan loyihalar
ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, uzum urug‘i tarkibidagi
moyni sovuq preslash usuli yordamida ajratib olish va qadoqlashdan iborat.
Taklif etilayotgan mavzu doirasida uzumning barg qismidan maxsulotlar Fransiya va Rossiya davlatida
ANTISTAKS nomi bilan tayyor maxsulot sifatida ishlab chiqariladi va Respublika
hududiga import Tovar bo‘lib kirib keladi.Ushbu preparat asosan qon tomir
kasalliklarini davolashda, surtma holida esa terining sezuvchanligini
oshirishda, kuygan, yaralangan terini davolashda yaxshi natijalarga ega.
Loyihaning farqli tomoni shundan iboratki yuqorida aytib o‘tilgan davlatlarda
ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalarda maxsulot tayyorlashda limon va
kakos moyi ( Hindiston yong‘og‘i) ishlatilgan bo‘lib, bizning loyihada bular
o‘rnida uzum urug‘i yog‘i ishlatish rejalashtirilgan. Chunki mahalliy uzum
urug‘i moyining yog‘ kislota tarkibi O‘zRFA huzuridagi O‘simlik moddalari
kimyosi instituti olimlari bilan hamkorlikda o‘rganilganda boshqa moylardan
ustun tomonlari aniqlandi. Bu esa tabiiy preparat tayyorlashda maxsulotning
yanada ijobiy ta’sir natijalarga ega bo‘lishini kafolatlaydi. Loyihani amalga
oshirish uchun ilmiy laboratoriya bazasi va mavjud ilmiy infratuzilma
obyektlari mavjud. Farg‘ona davlat universiteti huzurida tashkil etilgan “FDU
INNOVATION” DUK (guvohnoma №1949568) tashkil etilgan bo‘lib, ushbu
laboratoriyada biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish uchun sharoitlar
yaratilgan bo‘lib, rejalashtirilayotgan loyihani amalga oshirish uchun ilmiy
lobaratoriya va xodimlar mavjud. DUK O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-sonli qarorininng
7-ilovasi bilan tasdiqlangan loyihalar ijrosini ta’minlash maqsadida
tashkil etilgan bo‘lib, hozirda kerakli johozlar bilan taminlangan.
Maqsadi: Import Tovar o‘rnini
bosa oladigan biologik faol qo‘shimcha yaratish.
Vazifasi: Zararlangan va
kuygan teri faoliyatini yaxshilash hamda qon tomir kasalliklarini oldini olish
va davolash. Loyihaning yana bir muhim vazifalaridan biri Vino ishlab chiqarish
sanoatida yiliga tonnalab chiqayotgan meva chiqindilardan unumli foydalanishdir.
Ilmiy yangiligi: Loyihaning
ilmiy yangiligi shundan iboratki, Fransiya, Rossiya,Vengryiya davlatlarida
ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalarda maxsulot tayyorlashda limon va
kakos moyi ( Hindiston yong‘og‘i) ishlatilgan bo‘lib, bizning loyihada bular
o‘rnida mahalliy uzum navlari urug‘i moyi ishlatilishidir sababi bizning
tadqiqotlarimiz natijasida mahalliy uzum navlari tarkibidagi to‘yinmagan yo‘g‘
kislotalari vino ishlab chiqarishga mo‘ljallangan uzum navlari tarkibidagi
to‘yinmagan yog‘ kislotalardan miqdor jihatdan yuqori ekanligi aniqlangan.