Meva, sabzavot va dorivor o‘simliklarni infraqizil quritish qurilmasini ishlab chiqish
1. “Meva, sabzavot va dorivor
o‘simliklarni infraqizil quritish” qurilmasidan meva, sabzavot va dorivor o‘simliklarni quritishda keng foydalanish
mumkin. Loyihada ko‘zda tutilgan quritish shkafi yordamida mevalarni quritishda
uni tarkibidagi foydali moddalarni saqlab qolish, qurish vaqtini qisqartirish,
energiya tejamkorligi, meva va sabzavotlarni quritishdagi sofligi va tozaligini
saqlashi ishlab chiqarishni asosiy maqsadi xisoblanadi.
2. Dorivor o‘simliklarni
infraqizil quritish shkafidan foydalanib quritilganida o‘simliklarni foydali
moddalari o‘zida saqlanib qoladi va bu o‘simliklardan damlama, tayyorlash va
ulardan xastaliklarni davolash uchun ishlatish mumkin.
Maqsadi: Loyiha orqali meva,
sabzavot va dorivor o‘simliklarni infraqizil quritish shkafi ishlab chiqarishni yoʻlga qo‘yib, import oʻrnini bosuvchi
mahsulot ishlab chiqariladi.
Vazifasi: Texnika va
farmasevtika, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi uchun import oʻrnini bosuvchi inson
salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulot ishlab chiqarish.
Ilmiy yangiligi: Hozirda meva,
sabzavot va dorivor o‘simliklarni infraqizil quritish qurilmasi Oʻzbekistonda
ishlab chiqarilmaydi. Meva quritish
shkafi Rossia federatsiyasida ishlab chiqarilmoqda lekin ularning ba’zi
parametrlari va energiya sarfida farqi bor. Shuning uchun xam biz ishlab
chiqarayotgan infraqizil nurli quritish shkafi energiya tejamkorligi, quritilayotgan maxsulotni sifati, foydali
moddalarini saqlaganligi va import
qilinadigan modelidan arzonligi bilan farq qiladi.