Ko‘mir konini kompleks usulda qazib olish sharoitida sodir bo‘ladigan havfli geomexanik va geodinamik jarayonlar ta’sirini prognozlash va ko‘mir razrez bortlarining ustuvorligini baholash, 3D-modelini yaratish
Loyiha texnik-ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‘lib, uni amalga oshirish natijasida tog‘ jinslari massivining
kuchlanish-deformatsiyalanish holatini va geomexanik jarayonlarni boshqarishda
geofazoviy ma’lumotlar bazasini yaratishga qaratilgan marksheyderlik monitoringini
olib borishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish hamda noxush, negativ
geomexanik jarayonlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan ekologik va sanoat
xavfsizligini ta’minlash maqsadida, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan fors-major
holatlarni o‘z vaqtida prognoz baholash va ogoh etish shu bilan bir qatorda yer
osti boyliklaridan foydalanishdagi texnogen o‘pirilishlar oqibatlarini bartaraf
etish natijasida bir necha milliard so‘mlik material boyliklari majburiy
sarfining oldi olinadi