Quyosh fotoelektrik stansiyalarni me’yoriy talablar va standartlar asosida o‘rnatilganligini ekspertiza qilish xizmati
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda Qayta tiklnuvchi energiya
manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish
chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-57-son qarori asosida Respublika bo‘ylab
quyosh fotoelektrik stansiyalar o‘rnatilmoqda va ularni elektr tarmog‘iga
to‘g‘ri ulanishi, elektr xavfsizligi va ko‘p yillar sifatli xizmat qilishi
dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ko‘pincha quyosh fofoelektr stansiyasini noto‘g‘ri o‘rnatilishi
natijasida tizim tez ishdan chiqishi va quyosh fofoelektr stansiyani yaroqsiz
holga kelishiga sabab bo‘ladi.O‘rnatilishi rejalashtirilgan quyosh fotoelektr
stansiyalarni belgilangan standartlar va
shaharsozlik norma qoidalari talablariga mos ravishda Institut ta’sischiligi
ostidagi “Renewable Energy Service” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan
o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.