Kichik bo`lmagan hujayrali o`pka saratonini davolash uchun siRNA survivin va Paclitaxel bilan to`ldirilgan yuzasi modifikatsiyalangan CD 133 mAbs uglerod nanonaychalari
Grafit elektrodlarni elektrokimyoviy oksidlash orqali eritmalarda
uglerod nanostrukturalarni hosil qilish yangi usuli ishlab chiqildi va qurilma
yaratildi. Mavjud usullardan farqli oʼlarok grafit elektrodlarning anodik
oksidlash vodorod peroksid ishtirokida takroriy elektroliz davriyligi, xamda,
elektrodlar orasida tok zichligi 2,5-5,0 mА/sm2 koʼrsatkichi bilan
elektrodlarning polyarligi olmashlanishi bilan sodir boʼladi. Xosil boʼlgan
karboksil guruxlar payvandlangan uglerod nanozarralarning (2 nm - 20 nm gacha)
sorbsion xususiyatlari oʼrganib chiqildi. Uglerodli nanonaychalar sirtlarni
modifikatsiyalash usullari ishlab chiqilgan: 1) nanokarbon-polietilenimin; 2)
nanonaycha – pakliktaksel, 3) nanonaycha-CD133 ga qarshi monoklonal antijism,
4) nanonaycha – survivin-paklitaksel-CD 133 ga qarshi monoklonal antijism.
Аmalga oshirilgan ishlar natijalariga koʼra 8ta maqola Scopus maʼlumotlar
bazalarida indekslangan nashrlarda chop etildi. Oʼzbekiston
Respublikasi patenti olindi (№. IAP 06885 (03.24.2022 yil. patent berish
toʼgʼrisidagi qaror)).