INNO-O‘G‘IT
O‘zbekistonda
haligacha g‘umbakdan yog’ olish bo‘yicha aniq bir texnologiya ishlab
chiqilmaganligi, hozirgacha ishlab chiqarishda qimmatli hisoblangan g`umbakni
hayvonlar uchun arzon ozuqa sifatida foydalanilmoqda. 2023 yilda respublikamiz
bo‘yicha jami 25,9 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan. Buxoro viloyati
misolida o‘rganadigan bo‘lsak yiliga 2716 tonnadan ortiq pilla qayta ishlanadi. Ipak
qurti pillasining 48 % ni g‘umbak,
qolgan qismini ipak tolasi tashkil etib, bir yilda ishlab chiqarish korxonalarida
ajralib chiqadigan g‘umbakning umumiy miqdori 1 303 tonnaga yetadi. Viloyatda
g‘umbakni sotishdan olinadigan mablag‘ miqdori (1 kg uchun 3 ming so‘m) 3 mlrd
so‘mdan ortiq tashkil etadi. Taklif qilinayotgan uslub asosida g‘umbakdan
20-25% yog’ ajratib olinib, viloyatda bir yilda 325 tonna g‘umbak yog’i (1 litr
yog’ narxi jahon bozorida 80-200 $ gacha baholanadi ) ishlab chiqarish imkoni
yaratiladi. G‘umbakdan yog’ olingandan so‘ng hosil bo‘ladigan 978 tonna
chiqndidan yangi turdagi organo-mineral o‘g‘it ishlab mumkin bo‘ladi. Bu
loyiha asosida chiqindisiz, juda samarador mahsulotlar olinadi.