Fotoelektrik batareyalarining energetik parametrlarini monitoring va diagnostika tizimini ishlab chiqish” loyihasini ishlab chiqish
Quyosh
energiyasidan samarali foydalanishni ta'minlash uchun fotoelektrik
panellarining ishlash parametrlarini doimiy ravishda kuzatib borish zarur.
Ushbu ixtironing asosiy maqsadi quyosh elektrostansiyalarining fotoelektrik
modullarining ishlash parametrlarini, shuningdek, ularning buzilish,
nosozliklarini aniqlash, monitoring va diagnostika qilish tizimini yaratishdir.
Ushbu tizimning
joriy etilishi quyosh elektrostansiyalarining umumiy samaradorligini oshirishga
yordam beradi va ularning ekspluatatsiya muddatini uzaytiradi. Aniq o'lchovlar
va samarali monitoring orqali energiya ishlab chiqarish samaradorligi sezilarli
darajada oshadi. Shu bilan birga, tizimning foydalanish qulayligi va arzonligi
uni sanoat va ilmiy sohalarda keng qo'llanishini ta'minlaydi. Tizim yordamida
fotoelektrik modullarga xizmat ko`rsatish va texnik xizmat ko`rsatish sifati
yaxshilanadi va natijada ishlab chiqarish samaradorligi ortadi, nosozliklar
aniqlanadi va tuzatiladi, shuningdek, atrof-muhit sharoitlariga mos ravishda
ishlash optimallashtiriladi. Bu holat umumiy energiya ishlab chiqarishni yanada
samarali va ishonchli qilish imkonini beradi.
Hozirda qurilmamiz
yig`ish holatida. Eksperiment qurilmamiz tayyor har xil ob-havo sharoitlarida
sinovdan o`tkazilmoqda. Qurilmaning dasturiy taminoti chun 2ta DGU guvohnomasi
rasiylashtirilgan. Patent uchun ariza topshirilgan.
Tizim ishlab chiqarishga tayyor bo`lishi uchun:
Eksperiment natijalar orqali algoritm, malumotlar bazasi va dasturiy taminot
tayyorlanadi. Qurilma yig`ilib quyosh panellarida sinovlardan o`tkazilinadi va
mini fotoelektr stansiyada sinab ko`riladi.