Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “TIFLOMEDIA” audiojurnali

  • O‘ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI
  • boshqalar
  • Ilmiy loyihalar

Loyihaning maqsadi O‘zbekistonda media vositasida nogironligi bo‘lgan shaxslar, xususan ko‘zi ojizlarning ijtimoiylashuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mazkur toifa insonlarning axborot olish huquqlarini ta’minlash. Shu bilan birga, O‘zbek mediasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun inklyuziv muhitni shakllantirish. Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:

vazifalari

1.Ko‘zi ojizlarni holis va ishonchli axborotlar, shuningdek ular uchun foydali va qiziqarli ma’lumotlar bilan ta’minlash;

2.Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarni matbuotdan to‘siqsiz foydalanishlariga imkon yaratish;

3.Audio jurnal uchun material tayyorlab berish istagidagi ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan va nogironligi bo‘lmagan jamoatchi muhbirlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

4.Audio materiallarni ovozlashtirishda havaskor suhandonlar faoliyatini rivojlantirishga sharoit yaratish;

5.Audio jurnal orqali umumjamiyat vakillarini ko‘zi ojizlar hayoti bilan yaqindan tanishtirish;

6.Media vositasida ko‘zi ojizlar va umumjamiyat vakillari o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish.

Ilmiy yangiligi: Ushbu audio nashr o‘zbek mediasida birinchi mustaqil audiojurnal bo‘lib, undagi materiallar mushtariylarning tinglab qabul qilishi oson bo‘lgan formatda taqdim qilinadi. Bugungi kungacha ma’lum bir bosma nashrlarning ovozli versiyasi taqdim qilingan. Ammo mustaqil audio jurnal bizning matbuot uchun yangi qadamdir. Bu audiojurnal ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan insonlarni axborotga bo‘lgan extiyojini ta’minlash bilan bir qatorda, umumjamiyat vakillarini ko‘zi ojizlar hayoti bilan yaqindan tanishtirish, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar xususidagi turli  stereotiplarni bartaraf qilishni maqsad qilgan. Bugungi kunda audiojurnalni yuqorida qayd etilgan kabi tarzda tayyorlash uchun soha mutaxassislaridan iborat jamoa shakllantirilgan. E’tiborlisi, jamoa ichida ko‘zi ojiz jurnalist ham mavjud. Bu esa, audio materiallarni nechog‘lik sifatli, tinglovchilar talabiga mos bo‘lishini nazorat qilish imkonini beradi. Hozirda ushbu jamoa bilan namunaviy ko‘rinishda “Tiflomedia” audiojurnalining bir soni tayyorlanib, shu nomdagi telegram kanali orqali tinglovchilar e’tiboriga havola qilingan.

O‘ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI

O‘ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI

Markaz-5, 88-uy
  • sdsfsdgsdfraSFGEGH@mail.com
  • 71 207-09-02
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket