Global ekologik muammolar yo’nalishida polimer plastik chiqindilarni gidrolizlash (piroliz qilish) orqali suyuq yoqilg’I manbalarini yaratish

  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI POLIMERLAR KIMYOSI VA FIZIKASI INSTITUTI
  • fizika va kimyo
  • Ilmiy loyihalar

Ushbu loyiha polimer tarkibli chiqindilarni ekologik tamoyillar asosida kompleks qayta ishlashning ilmiy va amaliy asoslarini yaratishga qaratilgan. Olingan ilmiy natijalar havo, tuproq, suv tizimlarida vujudga kelayotgan ekologik muammolarni hal etishga va polimer chiqindilarni qayta ishlash orqali ularni “hayot sikli”ni uzaytirish imkoniyatlarini beradi.

Lyoihaning maqsadi: Polimer-plastik chiqindilarni inert fazada yuqori harorat va bosim ostida gidrolizlash orqali yoqilg’I sifatida qo’llaniladigan quyi molekulyar uglevodorodlar aralashmasi olish.

Vazifalar:

Polimer chiqindilarni sinflarga ajratish, tozalash, granulalash jarayonlarini ilmiy asoslash orqali ajaratish usullarini yaratish;

Sinflarga ajratilgan ikkilamchi polimerlrni tarkib, tuzilish, xossa o‘rtasilagi bog‘liqliklarni o‘rganish;

Tarkib bo‘yicha saralash imkoniyati bo‘lmagan murakkab tarkibga ega polimer aralashmalar, sopolimerlar, kompozitlarni yuqori (250-450 °S) haroratda, inert fazada, bosim ostida pirolizlash orqali suyuq holdagi uglevodorodlar olinadi. Ularning uglevodorodlargacha parchalanish jarayonlari kompyuter modellashtirish orqali asosilanadi va hosil bo‘lgan suyuq aralashmalardan yoqilg‘i sifatida foydalanish imkoniyatlari asosilanadi.

Pirolizga uchramagan qattiq polimer chiqindilarni maxsus reaktor va pechlarda kislorod va suv bug‘i ishtirokida yoqish orqali hosil bo‘lgan energiyadan issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiya manbalarini yaratish bo‘yicha takliflar shakllantiriladi.

Ikkilamchi polimer chiqindilarni ekologik tamoyillar asosida kompleks qayta ishlash, “hayot sikli”ga qaytarish va qayta ishlatish imkoniyatlari kompleks asoslanadi, zarur me'yoriy xujjatlar loyihalari shakillantiriladi. Saralanish imkoniyati bo‘lmagan murakkab tarkibli polimer chiqindilarni pirolizlab suyuq uglevodorod tarkibli aralashmalar olish va ulardan alternativ yoqilg‘ilar olish, ushbu aralash, murakkab tarkibli polimer chiqindilarni ekologik tamoyillar asosida yoqish orqali elektr energiya zahiralari yaratishning ilmiy va amaliy asoslari yaratiladi va tavsiyalar shakillantiriladi.

Ilmiy yangiligi: Turli tarkibga ega polimer va polimer kompozitlarini inert fazada yuqori harorat va bosim ostida termodestruksiyalash orqali yuqori unum bilan suyuq yoqilg‘ilar olish usuli ishlab chiqilgan.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI POLIMERLAR KIMYOSI VA FIZIKASI INSTITUTI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI POLIMERLAR KIMYOSI VA FIZIKASI INSTITUTI

A.Qodiriy ko'chasi 7b-uy
  • polymer@academy.uz
  • +998712418594
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket