Rangli tolali chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasini yaratish
Oksidlovchi va qaytaruvchi
kimyoviy moddalar bilan to‘quvchilik-tikuvchilik korxonalarining sidirg‘a
bo‘yalgan rangli tolali chiqindilarini rangsizlantirish va oqartirish
jarayonlarining optimal texnologiyasi ishlab chiqiladi. Bunga ko‘ra rangli
tolali chiqindilar bo‘yalgan bo‘yovchi moddalarning xromofor sistemasiga mos
ravishda ularni qayta ishlashning resurs tejamkor va ekologik xavfsiz usullari
tadqiq qilinadi. Hamda fizik-kimyoviy tahlillar asosida qayta ishlangan rangli
tolali chiqindilarni ishlatilish sohalari belgilanadi. Mazkur chiqindilarni
qayta ishlash orqali tanqis hisoblangan sellyuloza tolali xomashyolarni tejash
imkoniyati mavjud bo‘ladi, qolaversa, qayta ishlangan xomashyo birlamchi
resurslaga qaraganda 50%ga arzonroq bo‘ladi.