Texnologik jarayonlarni tahlili asosida paxtani saqlash, tozalash, namlash va yong‘indan saqlash innovatsion uskunalarini ishlab chiqish
1. Paxtani yopiq omborga
yuklash va taqsimlash hamda uni ishlab-chiqarishga uzatish uskunalarini
ratsional konstruksiyalarini yaratishda foydalanish asoslab berilgan. Paxtani
omborga yuklash va taqsimlash hamda uni ishlab-chiqarishga uzatish
qurilmalarini shakli hamda konstruksiyasi ishlab chiqiladi. 2. Chigitli paxtani
mayda iflosliklardan tozalashning vertikal texnologiyasida “jonli kesim”ning
samaradorlik koeffitsiyenti gorizontal texnologiyaga nisbatan 2 barobar
yuqoriligi hamda qiymati h= 0,58¸0,60 ga tengligi aniqlandi va vertikal
tozalagich ishlab chiqildi. Energiya sarfi 12 kVtdan 6 kVtga kamayadi. Resurs
sarfi 40%ga kamayadi. 3. Paxta tozalash korxonalarida yong‘indan saqlash
innovatsion uskunalari ishlab chiqiladi hamda barcha ishlab chiqarish sehlarida
о‘rnatish va nazorat nuqtalari aniqlanadi. Yong‘in xavfini oldini olish 95% ni
tashkil etadi. 4. Innovatsion portativ tola namlash uskunasini ishlab
chiqiladi. Paxta tolasini namlashning resurs va energiyatejamkor innovatsion portativ
tolani namlash uskunasini ishlab chiqiladi va tolalarning tabiiy sifat
kо‘rsatkichlarini saqlab qolishga erishiladi. Toylashdan oldingi tolani
texnologik namligini 7,8-8% gacha kо‘tarishga erishiladi. Energiya sarfi 50%
kamayaydi.