Talimda innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanib Mobil planitarium orqasi zamonaviy darslar otish
Innovatsion texnologiyalardan unumli foydalangan holda talimda eskirgan uslublardan chetga chiqib mobil planitarium qurilmasi orqali dars jarayonlarini takomillashtirish. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonda o’qituvchi va talaba faoliyatiga
yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda interfaol metodlardan
foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir
o’quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan
foydalanganda bilim olish o’quvchi uchun qiziqarli mashg‘ulotga aylanadi. Interfaol
usullar qo’llanilganda o’quvchilar o’qituvchilar yordami va hamkorligida mustaqil
ishlash ko’nikma va malakalariga ega bo’ladilar. O’quvchilar yangi bilimlarni ilmiy
izlanish, tadqiqotchilik, tajriba sinovlar o’tkazish asosida o’zlashtiradilar. Ilm orqali
bilim olish tamoyiliga amal qilinadi.