Olxo’ri danaklarini kompleks qayta ishlash texnologiyasini yaratish
Ushbu loyixaning natijalari orqali bir nechta ustuvor va dolzarb masalalarni bartaraf etadi.
Bugungi kunda dunyoda aholi
sonining o‘sib borishi bilan bog‘liq holda qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini
yetishtirish, ularni kompleks qayta ishlashni yulga qo‘yish, oziq-ovqat
mahsulotlari assortimentini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini orttirish
hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bu
o‘rinda oziq-ovqat tarmog‘i korxonalarini qishloq xo‘jalik mahsulotlariga
dastlabki ishlov berish sub’yektlari bilan integratsiyasini kengaytirish,
mahsulot ishlab chiqarish texnologiyalarini ilm-fan va texnika yutuqlariga
asoslanib takomillashtirish, texnologik jihozlarning yuqori samarali ixcham
konstruksiyalarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlarga katta e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu aspektda noan’anaviy moyli xom ashyolardan xususan meva danak
mag‘izlaridan sovuq preyeslash orqali moy olish bo‘yicha yog‘-moy sanoatida
moylarni assortimentlarni kengaytirish bilan bog‘liq tadqiqotlar muhim
ahamiyatga ega.