Chirchiq, Angren va Parkent shaharlarida o‘ziga xos dizaynga ega “The green libraries movement” (Yashil kutubxonalar harakati) nomli quyosh panelida ishlovchi interaktiv, zamonaviy yashil kutubxona yaratish
Vazifasi va funksional imkoniyati:
Yoshlar, kitobxonlar va jamiyat orasida kitobxonlik madaniyati bilan hamohang ravishda ekologik madaniyatni o'stirish;
Quyosh energiyasidan foydalangan holda kutubxonaning ekologik toza qurilish siyosatini aholiga amaliy jihatdan qo'llay olish ko'nikmasini ko'rsata bilish;
Toshkent viloyatidagi mavjud kutubxonalarni qanday kamchilik va nuqsonlarga ega ekanligini ochib berish va shu asnosida raqobat tug'dirish;
Yashil kutubxonani viloyat, nafaqat respublika miqyosida yaxlit brend ko'rinishiga keltirish va kutubxonaning ommaviyligini amalga oshirish maqsadida Mavjud tuman shahar aholisini hamma qatlamini qamrab olish;
Platformada Yashil kutubxonaning qismi bo'lgan Ko'cha-mini kutubxonasi google xaritaga bog'langan bo'ladi, bu orqali siz xaritada joylashuvingizni kiritishingiz bilan sizga eng yaqin bo'lgan ko'cha kutubxonasi chiqadi hattoki qancha masofada turganingizni ham ko'rsatadi. https://yashilkutubxona.uz