Paxta tozalagichlarga yangi to’rli yuza o’rnatish asosida tozalash samaradorligini oshirish
Maqsadi – to‘rli yuzaning yangi konstruksiyasini ishlab chiqish hisobiga paxtani tozalash samaradorligini oshirish.
Vazifalari:
• paxta, ifloslik va to‘rli yuza o‘rtasidagi o‘zaro mexanik taʼsirini nazariy tadqiqotini amalga oshirish;
• yangi to‘rli yuzaning samaradorligini tadqiqoti;
• yangi to‘rli yuza o‘lchamlarini tozalash samaradorligi va tola sifatiga taʼsiri;
• paxtani boshlang‘ich iflosligiga qarab tozalash rejasini ishlab chiqish;
• yangi to‘rli yuzani ishlab chiqarish sinovlarini o‘tkazish va iqtisodiy samaradorlik hisobi.
Ilmiy yangiligi: Paxta bo‘lagini, uni elastiklik xususiyatini inobatga olgan holda to‘rli yuza sirtida harakat tezliklari o‘zgarishini xarakterlab beruvchi tenglamalar olindi.
To‘rli yuzada paxta bo‘lagiga bosim kuchini ortishi ifloslik ajralishini tezlashtirishi, to‘rli yuzadan paxta bo‘lagidan ifloslik ajralishi bosim kuchiga bog‘liqlik qonuniyati, uni qiymati oshgan sayin ifloslik ajralishi ham tezlashishi aniqlandi.
To‘lqinsimon to‘rli yuza o‘lchamlari bilan tozalash samaradorli o‘rtasidagi olingan regression bog‘lanishlar paxtani boshlang‘ich iflosligiga qarab tozalash tartibini aniqlash imkonini berdi.