Azkamar (Shofirkon) gil-tuprog‘i (bentoniti) ni kimyoviy qayta ishlab qurilish va lak-bo‘yoq sanoatida ishlatiladigan tabiiy mineral pigmentlar olish texnologiyasini yaratish
Bentonitlar asosida qurilish
materiallari ishlab chiqarish va kimyo sanoatida noorganik moddalardan ularning
to‘ldiruvchilari sifatida foydalanish muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda
qurilish sohasida ishlatilayotgan suvoqbop va pardozlash pigmentlarining
aksariyati chetdan import qilinmoqda. Respublika iqtisodi uchun bunday qurilish
materiallarini o‘zimizning mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqarish
bo‘yicha amaliy ilmiy-tadqiqotlar olib borish, ular asosida texnologiyalar yaratish
hozirgi paytda dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bajarilgan loyiha doirasida 5
turdagi rangli mineral pigmentlar olinib, texnologik sxemasini tuzildi va
ishlab chiqarish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Olingan natijalar
tahlillariga ko‘ra 5 turdagi rangli kukunsimon namunalar gips-ganchli
qorishmalar, shpaklevka, “IMIX” suvemulsiyali oq rangli bo‘yoq, “MEGA PROF”
PF-115 oq rangli universal emal va oq rangli sement bilan aralashtirilib
foydalanilganda tegishli ranglardagi qorishmalar hosil qilishi va ranglar
barqarorligi aniqlandi. Bu natijalarga asoslanib, sinovdan o‘tkazilgan rangli
kukunsimon namunalar qurilish sohasi pardozlash ishlarida tegishli rangdagi
bo‘yoq-qorishma va surkov vositalari tarkibida noorganik pigmentlar holida
foydalanishga tavsiya etildi. Natijada mahalliy xomashyolardan foydalangan
holda tabiiy mineral pigmentlar olish texnologiyasini yaratildi, import o‘rnini
bosuvchi hamda eksportbob mahsulot ishlab chiqildi.