Mahalliy xomashyolar asosida rangli dekarativ g‘isht tarkiblarini ishlab chiqish
Rangli silikat g‘isht bino va inshootlarni qurishda katta miqyosda ishlatiladi. Binolarni fasad qismini ishlov berishda ishlatiladi. Bundan tashqari koshinsimon material deb qarashimiz mumkin. Rossiya va Qozog‘iston Respublikalarining bozorlarida rangli silikat g‘ishtga bo‘lgan talab yuqori.
Sifatli devorbop qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va uy-joylar, ayniqsa, shahar va qishloq joylarida imorat qurayotgan aholining ortib borayotgan talab-ehtiyojini yana-da to‘liqroq qondirish uchun qurilish g‘isht materiallarni turini ko‘paytirish zarur hisoblanadi. Bu texnologiya orqali asosan mahalliy xomashyo mineral resurslari va sanoat chiqindilari asosida yuqori sifatli rangli silikat g‘isht ishlab chiqarish mumkin.
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI
220900, Khiva, Markaz-1