Bioparchalanuvchi mahsulotlar
Bugungi kunda dunyo miqyosida
plastik mahsulotlar va ularni qayta ishlash dolzarbligicha qolmoqda. Bioparchalanuvchi mahsulotlar atrof-muhitni muhofaza
qilishda katta ahamiyatga ega. Tayyor mahsulot anʼanaviy polietilen
mahsulotning barcha afzalliklariga ega. Agar u qayta ishlanmasdan va ochiq
muhitda axlatga aylanib qolsa, u xavfsiz komponentlarga parchalanib — CO2, suv
va gumusga aylanadi.
Dastlabki okso-biologik
parchalanadigan material parchalangandan soʻng, faqat biomassaning ijobiy
hissasi qoladi, bu tuproqdagi uglerodni maʼlum darajada toʻldiradi. Yakuniy okso-biologik parchalanadigan mahsulot maishiy
chiqindilar miqdorini, yaʼni chiqindilarni tegishli poligonlarga tashish,
ularni keyinchalik qayta ishlash yoki yoʻq qilish xarajatlarini kamaytirish
uchun yechimdir. Ular, shuningdek, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga
yordam beradi.