Kompozision sorbentlar
Jahon amaliyotida
birinchi marta ruda pulpasidan oltin, kumush va boshqa kamyob metallarni
ajratib olishda foydalanish uchun import oʻrnini bosuvchi kompozitsion sorbentlar va boshqa kimyoviy reagentlarni
olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Kompozitsion sorbentlar mahalliy xom ashyo va sanoat
chiqindilari asosida ishlab chiqildi hamda metallurgiya sanoatida va
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida foydalaniladi. Ushbu mahsulot oltin, kumush
va boshqa noyob metallarni tanlab olishni (sorbsiya) taʼminlaydi, metallga
toʻyingan eritmalarning begona aralashmalar bilan ifloslanishini
cheklaydi, tarkibi yumshoq (tuproq)
komponentlardan iborat boʻlgan rudalardan oltin, kumush va boshqa kamyob
metallarni olishning texnologik jarayonini qisqartiradi. Bundan tashqari, u
qulayligi, arzonligi, iqtisodiy samaradorligi va ekologik xavfsizligi bilan
ajralib turadi.