Polimer birikmali materiallar ishlab chiqarish
Loyiha strategiyasi respublikaga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish nuqtai nazaridan Oʻzbekiston Respublikasini iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga javob beradi. Ichki bozorda marketing tadqiqotlarini oʻtkazish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi hududida polimer birikmalarini oʻxshash ishlab chiqaruvchilari yo’qligi aniqlandi. Komponentlarni ishlab chiqarish uchun barcha polimer birikma materiallari import qilinadi. “UZAUTO CEPLA” MChJ QK Oʻzbekistonda polipropilen (PP), akrilonitril butadien stirol (ABS), poliamid (PA) va boshqa plastmassa materiallar asosida kompozit materiallar ishlab chiqaradigan birinchi va hozirgacha yagona ishlab chiqarish korxonasi hisoblanadi.