Gidroponika usulida tabiiy ozuqalarni yetishtirish orqali chorvachilik bilan shugʻullanuvchi kichik dehqon xoʻjaliklarini ozuqa bilan taʼminlash.

  • “ART STROY INFO” MCHJ
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

Hozirgi kunda yurtimizning juda ko‘p chorvachilikka yo‘naltirilgan fermer xo‘jaliklarida bug‘doy, arpa, makkajo‘xori donlari na turli ko‘shimchalar bilan aralashtirilgan xolda ozuqa sifatida foydalanish urfga aylangan. Bunda donning zaxirasidagi ozuqa sifatida foydali elementlardan unumli foydalanish past jarajada amalga oshiriladi. Muvozanatlashtirilmagan elementlarni ko‘p qismi hazm jarayonida to‘liq o‘zlashtirilmaydi va hazm bo‘luvchi proteinlar miqdori kamligicha qolib ketadi. Undan tashqari ozuqabop yem yetishtirishda suv sarfining ko‘pligi, yer maydonlaridan kamligi, ekinlarni yetishtirishda ekologiyaga qaramlik yoki bo‘lmasa ozuqa narxining balandligi (Respublikamizda foydalaniladigan ozuqaning 75 % import ulushiga to‘g‘ri keladi) muammo bo‘lib kelmoqda. Aksariyat qishloq aholisini shaxsiy chorvachiligini nazarda tutadigan bo‘lsak, ozuqa yemni zaxiralash xolati qiyin kechmoqda. Shuning uchun loyihada gidroponika usulida tabiiy ozuqalarni yetishtirish orqali chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi kichik dehqon xo‘jaliklarini ozuqa bilan taʼminlash asosiy maqsad qilib olingan. Mamlakatimizda chorva ozuqasiga bo‘lgan yillik talab yillik 120 million tonnani tashkil etadi (bunda oylik-10 mln tonna, kunlik-334 ming tonna), ammo o‘tgan yilda atigi 47 million tonna ozuqa ishlab chiqarilib, ehtiyoj 40 foizga qondirilgan. Undan tashqari ozuqabop ekinlar yetishtirishda suv sarfining balandligi suvdan foydalanish ko‘lamini yana-da oshirmoqda. Misol uchun, 1 kg ozuqabop beda yetishtirishda 400 litr suv sarflanadi. Bu esa uz navbatida o‘tgan yili birgina beda ozuqasi (19.2 mln tonna) yetishtirishda 188 million m3 suv sarflandi degani. Bugungi kunda qoramollarning 94 foizi, qo‘y va echkilarning 84 foizi, parrandaning 58 foizidan ortig‘i shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari egalari tasarrufida ekanini hisobga olsak, ularni sifatli ozuqa bilan ishonchli taʼminlash nechog‘li muhim ahamiyatga ega ekani yana-da oydinlashadi. “Xar bir oila - tadbirkor” davlat dasturi asosida shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini gidroponika usulida yetishtirilgan ozuqalar bilan taʼminlash orqali ularni ozuqa balansini rivojlantirish.

“ART STROY INFO” MCHJ

“ART STROY INFO” MCHJ

Kosonsoy
  • md_akbarxon@mail.ru
  • +998883470007
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket