Fotoelektrik modul va yassi quyosh suv isitish kollektorlarini sinash uchun avtomatlashtirilgan sinov stendlarini ishlab chiqish

  • QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI MILLIY ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

Respublikamizda birinchi bor Fotoelektrik modul va yassi quyosh suv isitish kollektorlari sinash uchun avtomatlashtirilgan sinov stendlarini kichik seriyada ishlab chiqish va quyosh qurilmalarini sinovdan o‘tkazishni tashkil etish va tijoratlashtirishni yo‘lga kuyish. Hozirda Respublikamizda quyosh fotoelektrik modullarni sinovdan o‘tkazish laboratoriyasining yo‘qligi sababli sifatsiz mahsulotlar respublikamizga kirib kelmoqda va buning oqibatida keskin kontinental iqlimiy sharoit taʼsirida 25-30 yil ishlashi lozim bo‘lgan quyosh qurilmalari 2-3 yilda ishdan chiqishiga va ortiqcha xarajatlarga olib kelmoqda. Shu sababli, respublikamizda ishlab chiqarilayotgan va chet eldan olib kelinayotgan quyosh qurilmalarini sinovdan o‘tkazib faqatgina sifati yuqori bo‘lgan mahsulotlarni iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish va o‘rnatish lozim buladi. Shu bilan birga, 2030 yilgacha Energetikani rivojlantirish konsepsiyasiga asosan 5 GVt quvvatli quyosh stansiyalari Respublikamizda o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Ushbu stansiyalarni tashkil etuvchi fotoelektrik modullar va elektr jihozlarini sinovdan o‘tkazmaslik stansiyalarni tez ishdan chiqishiga va ushbu sohani keskin darajada kiyin ahvolga solib quyadi va investorlarni kamayishiga olib keladi.

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI MILLIY ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI MILLIY ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

100084, Chingiz Aytmatov ko'chasi , 2B, 2-korpus
  • 903230531
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket