“Sanoatdagi chiqindi gazlar, oqava va qatlam suvlari, tuproq strukturasini oʻzgarishi, atmosferaga tarqalayotgan mexanik aralashmalarni aniqlash boʻyicha “Sanoat Inginereeng Invests” korxonasini tashkil etish”
Respublikamizdagi mavjud neft va gaz korxonalari, ularga yondosh hududlar tuprog‘idagi neft mahsulotlari miqdorini aniqlash. - Ekin maydonlarida qo‘llaniladigan o‘g‘itlar va boshda kimyoviy moddalarning keyingi vegetatsiya davrigacha saqlanadigan miqdorini aniqlash. - Ichimlik suvlarini mikrobiologik tekshirish. - O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud sanoat korxonalari va tashkilotlarida atmosferaning ifloslanish darajasini aniqlash va uning miqdorini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish; Atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash mexanizmlarini takomillashtirish, atrof tabiiy muhitni kuzatish, uning ifloslanish darajasini bashorat qilish, davlat ekologik nazoratini doimiy axborot bilan taʼminlash, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof-muhitga taʼsiri monitoringini amalga oshirish. Tuproq unumdorligi, hosildorligi fizikaviy, fizik-mexanik xossalari, suv-havo, issiqlik va oziqa rejimi hamda tuproqda kechadigan mikrobiologik jarayonlar, uning strukturasini o‘rganish; Suyultirilgan va siqilgan gaz tarkibidagi propan-butan, vodorod sulfidi, merkaptanlar tarkibidagi oltingugurt miqdorini aniqlash.