“Qorakoʻl qoʻy junini qayta ishlab tayyor mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish”.
Qorako‘l qo‘ylaridan olinadigan jun mahsulotlaridan qimmatbaho matolar tayyorlanadi, jun mahsulotining asosiy ko‘rsatgichi miqdori, sifati hisoblanadi. Sifat esa uning uzunligi ingichkaligi, ipaksimonligi va yaltiroqligi, bir tekisligi va bir xil jun tol al ar i dan tashkil topganligi bilan belgilanadi. Bir xil tolalardan iborat bo‘lgan jun asosan mayin junli kuylardan qirqib olinadi va yengil sanoat uchun qimmatbaho mahsulot hisoblanadi, turli xildagi jun tolalaridan iborat bo‘lgan junlar asosan, dag‘al junli kuy va echkilardan olinadi. Bunday junlardan ko‘pincha jun ro‘mol, paypoq, ko‘lqop, kigiz, gilam, kigiz poyafzallar kabilar tayyorlanadi. Gilamduzlik sanoatida Qorako‘l kuylari juni yuksak qadrlanadi, chunki ulardan to‘qilgan buyumlar sifati va pishiqligi bilan ajralib turadi. Junni tozalash va pardozlash ishlari zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. Ip yigirish maxsus tejamkor agregatlarda amalga oshirilib tan-narxi arzon ip kalava ishlab chiqariladi. Ranglash ishlari faqat tabiiy toza mahsulotlar asosida bo‘yaladi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va qadoqlash ishlari bozor talabiga muvofiq amalga oshiriladi. Sotish ishlarini amalga oshirishda reklama tijoratlashtirish va marketing xizmatidan foydalanadi