Umurtqalararo disk churrasini “SASH” nomli tayanch korsetini ishlab chiqish
“SASH” nomli tayanch korset umurtqa pogʻonasi
ostioxondirozi va uning asorati boʻlmish disk churrasini davolashda qoʻllash
uchun maxsus ishlab chiqildi. “SASH”
nomli tayanch korset bel sohasini oʻrab olib davolash effektini tezlashtirish
maqsadida maxsus tarkiblardan iborat korsetlar ishlab chiqariladi. Mazkur
korsetlarni umurtqa pogʻonasi osteoxondirozi va disk churrasini profilaktikasi
uchun qoʻllash imkoniyati yaratildi.
Hozirda Buxoro viloyati hududida 64 000 nafardan ortiq bemorlar disk
churrasi va u bilan bogʻliq boʻlgan muammolar kuzatilmoqda. Ularning aksariyati
turli preparatlar bilan davolanadi. Davolanish xarajati taxminiy hisobda bilan
bir yilda 15-20 million soʻmni tashlik qiladi. Bu muammoni oldini olish
kasallik profilaktikasini olib borish maqsadida ishlab chiqilgan korsetlar bu
kabi xarajatlarni qisqartirib, davolashning yangi metodini yaratishga xizmat
qildi.