Tuproqninig fizik-kimyoviy tarkibini tahlil qilish laboratoriyasini tashkil etish

  • “SOIL BIO LAB” MCHJ
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

Loyiha amalga oshirish natijasida tuproq va sugʻoriladigan suvlarning tarkibidagi organik moddalar, ularning fizik-kimyoviy tarkibini tahlil qilish hamda oʻrganilayotgan hududlarning tuproq xaritasini tuzishga erishildi.Tuproq tarkibining kompleks tahlil natijalariga koʻra yetishtiruvchilarga qaysi ekin turini ekilishiga qarab, aniq mineral va kompleks oʻgʻitlarni kiritish tavsiyasi beriladi, buning natijasida mineral oʻgʻitlar va boshqa ozuqalarni betartib kiritish oldi olinib, qishloq xoʻjalik maxsulotlarini yetishtirish xarajatlari qisqartiriladi. Betartib mineral oʻgʻitlarni kiritilishi sabab yerlarni shoʻrlanish darajasi oshishining oldini olish hamda   kiritiladigan mineral oʻgʻitlar sarfi ilmiy asoslangan holda kamaytiriladi. Loyiha doirasida 1 yilda 100 000 gektar maydonda tahlil xulosalarini ishlab chiqish imkoniyati yaratildi.  Qolaversa, viloyatning 3500 gektarga yaqin issiqxona xoʻjaliklarida yetishtirilayotgan pomidor, bodring va boshqa oʻsimliklar tarkibini tahlil qilish orqali ularning kasalliklarga chalinishining oldi olinadi.

“SOIL BIO LAB” MCHJ

“SOIL BIO LAB” MCHJ

" Chilongʻu mahallasi 2-son kasb-hunar maktabi binosi"
  • rahmonov_baxtiyorjon@umail.uz
  • +998 99 770 06 37
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket