Buxoro viloyatida granulali omuxta yem ishlab chiqarishni tashkil etish
Granula tarkibi ilgʻor mamlakatlar chorvachiligida qoʻllaniladigan
chorvani oziqlantirish ratsioni va omixta yemlar tarkibini oʻrganilishi asosida
ishlab chiqilganligi uni innovatsiyasini ifoda etadi. Yaʼni taklif etilayotgan
tarkibdagi qoramol uchun granulalangan omixta yem ishlab chiqarish chorva
ozuqasining tarkibi boyligi bilan birga uning ozuqa birligi ham
yuqoridir(sut yoʻnalishidagi chorva uchun ishlab chiqarilayotgan granulaning
ozuqa birligi 0,85, boʻrdoqi chorva uchun esa 0,95) misol uchun paxta
shirotining ozuqa birligi 0,83 boʻlsa , ishlab chiqilgan texnologiya bilan
tayyorlanadigan Granulanalng tarkibida quyidagilar mavjud (bugʻdoy , arpa,
soya, makka joʻxori doni, bugʻdoy kepagi, paxta kunjalasi(shirot), beda, 100/1l
oʻsimlik yogʻi va 100/1kg zaruriy mikroelement)lardan tashkil topgan
boʻlib bunda chorvaning kunlik mikroelement va boshqa ozuqa moddalarga boʻlgan
ehtiyoji qondirilishiga yetarli darajada boʻladi. Bundan tashqari chorva moli
turi va naslidan kelib chiqib, individual tarkibdagi granulalangan ozuqa
maxsulotlarini ishlab chiqarish orqali, vazn ortish darajasini ilmga asoslangan
holda nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Narx jixatdan xam
boshqa bir turdagi ozuqa maxsulotlaridan ustunligi bilan ajralib turadi..