Imkoniyati cheklanganlar uchun turli tillardagi nutqni matnga oʻtkazish “RecSpeech_uz” platformasini ishlab chiqish
Nutq insonlarni axborot almashishining tabiiy shakli bo‘lib, Nutq texnologiyalaridan foydalanish axborot-telekommunikatsion tizimlarni rivojlantirishdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib bormoqda. Mazkur yo‘nalishdagi muhim vazifalar nutqli boshqarish, Nutq asosida identifikatsiyalash va nutqli savol-javob tizimlarini yaratish kabilardir. Ushbu yo‘nalishga qiziqish inson va kompyuter orasidagi muloqotni tabiiy shaklda amalga oshirish bilan bog‘liq. Agar bu muloqot to‘liq amalga oshirilsa ko‘plab mavjud muammolar uz yechimini topadi. Masalan imkoniyati cheklanganlarni qurilmalar bilan o‘zaro aloqalarini taʼminlash kabi masalalar uz yechimini topadi. Nutq signallari nostatsionar bo‘lganligi uchun uni tanib olish masalasi o‘ta murakkab hisoblanadi va u suxandon, intonatsiya va emotsional holat kabi ko‘plab parametrlarga bog‘liq. Imkoniyatlari cheklanganlar uchun suhbatlarni matn formatiga o‘tkazish orqali muloqot qilishga yordam beruvchi platforma. Unda turli tillardagi nutq signali dastlab matnga o‘tkaziladi. So‘ngra boshqa tilga tarjima amalga oshiriladi. Mazkur portaldan tarjimada HAM foydalanish mumkin. Eshitish va nutq tizimida nuqsoni bor shaxslar muloqot qilishda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Ko‘p xollarda ular muloqot uchun daftar va ruchka olib yurishlari talab etiladi. Mazkur ilova ana shunday noqulayliklarni oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘zbek, ingliz va rus tili kabi tillarda og‘zaki hamda yozma muloqot qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish, orfografik hamda stilistik xatoliklarni to‘g‘rilash imkoniga xam ega. Natijada muloqotning turli tillarda amalga oshirish mumkin. Loyiha ijtimoiy xarakterga ega.