Gidroponika usulida chorva ozuqasi yetishtirish uchun uskunalar ishlab chiqarish
Prezidentimizning chorvachilikni yana-da rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 08 fevraldagi qaroriga asosan chorva hayvonlarini gidroponik yashil ozuqa bilan boqish ozuqa bazasini tejash xarajatlarini kamaytirishga erishish ko‘zda tutilgan. Loyihada chorva, parranda, baliqchilik yo‘nalishida xo‘jaliklar uchun gidroponik yashil ozuqa yetishtirish uskunalarini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Ushbu uskunalar yordamida 1 tonna yashil ozuqa massasi 100 kv.M maydonda yetishtiriladi. Bu bilan kam yer maydonidan foydalanib, ko‘proq ozuqa yetishtirishga hamda 1 kg bug‘doy yoki arpadan 7-8 kg gacha gidroponik yashil ozuqa (GYAO) olish mumkin. Gidroponik yashil ozuqa quyidagi afzalliklarga ega: 1. Yil davomida yashil gidroponik ozuqani ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi; 2. Gidroponik yashil ozuqa bilan oziqlantirish vitamin-mineral premiksni to‘liq o‘rnini bosadi hamda atsidoz, ketoz va boshqa kasalliklarning oldini oladi; 3. Sut sifatini yaxshilash bilan birga sigirlarning sut berish hajmini 30 foizga oshiradi; 4. Yosh qoramollarning vazndorligini 15% ga oshiradi; 5. Hayvonlarning mahsuldorlik muddatini uzaytiradi; 6. Parrandalarning sertuxumliligini ko‘paytiradi; 7. Hayvonlarga ob-havo va iqlim sharoitlari taʼsirini kamaytiradi. Chorva mollari, parranda va baliqlarning kundalik ratsionida yashil yem ozuqadan foydalanish ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishi bilan birga uning rentabelligini oshiradi