Politravmali bemorlarda tayanch-harakat tizimi shikastlarining shoshilinch osteosintezi uchun yangi mahalliy universal tashqi fiksatsion apparatni tijoratlashtirishga tayyorlash maqsadida tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish

  • RESPUBLIKA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM ILMIY MARKAZI
  • tibbiyot va biotexnologiya
  • Tijoratlashtirish loyihalar
  •          Politravmada tayanch-harakat tizimi shikastlarini erta gospital davrida kaminvaziv osteosintez usullariga asoslangan tashqi fiksatsion apparat yordamida davo taktikasini tubdan yangilash asosida davo natijalarini yaxshilash. Politravmada nogironlik 25-45% tashkil qiladi. Politravmadagi bosh miya, ko‘krak va qorin shikastlarida davo-diagnostik yordamni tashkil qilishda yig‘ilgan tajriba “damage control” tamoyillariga asoslangan xolda ko‘pgina yutuqlarga erishilgan. Bemorlarning ahvolining og‘irligi darajasiga bog‘lik xolda sinishlar davosi butun dunyoda ko‘p bosqichli “damage control orthopedics” tamoyiliga asoslangan ketma-ket osteosintez usuli qo‘llaniladi.

             Ushbu tamoyillarni amalga oshirish barobarida bemorlarga yordam ko‘rsatishning birinchi bosqichi boshlab, yaʼni transport immobilizatsiya vositalari, So‘ngra davo-transport immobilizatsiya va undan yakuniy osteosintezgacha bosqichni optimallashtirish darkor. Uzun naysimon suyaklari sinnishlarida transport immobilizatsiya va juda ko‘plab tashqi fiksatsion apparatlar taklif qilingan bo‘lib ularning soni ko‘pligi bu sohada iqtisodiy tomondan takomillashtirilgan va xammabop bo‘lgan immobilizatsiya vositalarni ishlab chiqishda izlanishlarni davom ettirilishini talab qiladi.

RESPUBLIKA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM ILMIY MARKAZI

RESPUBLIKA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM ILMIY MARKAZI

Toskent sh., Chilonzor tum., Kichik xalqa yo'li 2
  • Valiyeverkin1964@gmail.com
  • +998901852702
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket