Suv sathi va sarfini oʻlchovchi elektron uskuna ishlab chiqarish
“Ko‘chalarni (tashqi) yoritish
tizimini masofadan boshqarish elektrotexnik qurilmasi” ni ishlab chiqish
hisoblanadi. Ushbu qurilma analogi hozirgi kunda Respublikamizda
“Toshelektroapparat” O‘zbekiston-Rossiya xorijiy korxonasi tomonidan ishlab
chiqarilmoqda va uning narxi 17,9 mln so‘m. Mazkur korxonaning tomonidan ishlab
chiqarilgan va Urganch shahrida o‘rnatilgan qurilmalarning xizmat ko‘rsatish
serveri Rossiyada joylashgan. Bu esa qurilmalarni boshqarishni qiyinlashishiga
sabab bo‘lmoqda. Biz ushbu qurilmani ishlab chiqarish orqali uning narxini
deyarli ikki barobarga yaqin kamaytirib, ichki bozorga 9,56 mln so‘mdan taklif
qilamiz. Shu bilan birga bizning qurilmalarimizga xizmat ko‘rsatish serveri
Respublikamizda joylashishiga imkon yaratiladi. Natijada ushbu qurilmani
boshqarish osonlashadi. Qo‘llanish sohasi: Bugungi kunda zamonaviy axborot
texnologiyalarining keng qo‘llanilishi va Smart shaharlar konsepsiyalarining
ilgari surilishi shaharsozlikda IoT tizimlaridan foydalanish zamon talabiga
aylanib bormoqda.
Biz ishlab chiqaradigan ushbu
tizim va qurilma hozirda keng qo‘llanilayotgan analog tizimlar kabi eng so‘nggi
innovatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqariladigan ushbu qurilma va
dasturning asosiy maqsadi magistral yo‘llar, shahar va tuman markazi
ko‘chalarida tashqi yoritishni masofadan boshqarishga o‘tkazish va
monitoringini yuritishdan iboratdir. Shu orqali shaxar ko‘chalarini umumiy
energiya sarfini 30-40% gacha kamaytirishga erishiladi. Tizimning yana bir
ustunlik tomoni har bir energiya bloki xolatini real vaqtda onlayn ko‘rish va
boshqarish mumkin bo‘ladi. Loyihaning iqtisodiy ahamiyati: Ko‘chalarni tashqi
yoritish tizimi uchun masofadan boshqariladigan elektrotexnik boshqaruv
qurilmasi va uning dasturiy mahsuloti. Ushbu qurilmaning tannarxi 6 372 400
so‘mga tushadi. Qurilmaning sotilish narxi 9 560 000 so‘mdan to‘g‘ri keladi.
Korxona tomonidan 6 oyda 20 dona qurilma ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Talabdan kelib chiqib yiliga 80 dona shunday uskuna ishlab chiqarilishi imkoniyati
mavjud.