Koʻrgazma haqida

Yurtimizda har yili  oʻtkaziladigan “InnoWeek.Uz” – innovatsion haftaligi Oʻzbekiston hukumati va ishbilarmon doiralari bilan potensial sarmoyadorlar  muloqot qilishlari uchun platforma yaratishga qaratilgan mukammal tadbir hisoblanadi. “InnoWeek.Uz” haftaligi doirasida tashkil qilinadigan  Xalqaro innovatsion koʻrgazma potensial sarmoyadorlar va mahalliy va xorijiy ishbilarmon doira vakillari uchun bizneslarini rivojlantirishlarida noyob imkoniyatdir!!! 

Koʻrgazmani tashkil qilinishidan asosiy maqsad   mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilgan yangi texnologiyalarni namoyish qilish, oʻzaro soʻnggi zamonaviy texnologiyalarni almashish, eski usullarni modernizatsiya qilish orqali  aholi turmush darajasini yaxshilash va mamlakat iqtisodiyoti uchun foydali boʻlgan yangi investitsion imkoniyatlarni jalb etishdir. 

Koʻrgazma qatnashchilari ishtirok etish orqali muzokaralar olib borish va manfaatli bitimlar tuzishga erishishlari mumkin. Ushbu koʻrgazmada barcha sohalarda tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan, ichki va tashqi bozorga chiqarishga moʻljallangan eng zamonaviy mahsulotlar, innovatsion ishlanmalar, prototip yoki maket koʻrinishidagi loyihalar namoyishi boʻlib oʻtadi. 

2018-yildan boshlab har yili xalqaro interaktiv innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro innovatsion-investitsion forumlar oʻtkaziladi. Ularda xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes-inkubatorlar ishtirok etadi. 

Innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarni oʻtkazishning asosiy maqsadlari: 

davlat organlari, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, texnoparklar va xususiy tadbirkorlar, shuningdek iqtisodiyotning real sektorini akademik va tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yetakchi xorijiy investitsion fondlar, innovatsion markazlar va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari ishtirokidagi oʻzaro hamkorligini taʼminlash; 

Oʻzbekistonda va yetakchi xorijiy mamlakatlarda texnologiyalarni transfer qilish jarayonlari, shuningdek real iqtisodiyot tarmoqlari va xususiy tadbirkorlik korxonalarida ishlanmalarni joriy qilishning natijalari bilan amaliy tanishib chiqishni taʼminlash yoʻli bilan mahalliy innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni tijoratlashtirish uchun sharoitlar yaratish; 

innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni ishlab chiqish va joriy qilish sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish, ichki va tashqi bozorlarda jamoat va xususiy sektorlardan ilgʻor va ilmiy hajmdor texnologiyalarni faol tarqatish; 

tarmoq korxonalarining jadal rivojlanishiga koʻmaklashadigan mintaqaviy va xalqaro aloqalarni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xususiy tadbirkorlik va investorlar oʻrtasida kooperatsion aloqalarni kengaytirish; 

xalqaro innovatsion-investitsion forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, treninglar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni oʻtkazish; 

ilmiy-tadqiqot, innovatsion va ixtiro gʻoyalari, texnologiyalari va loyihalarining doimiy asosda faoliyat amalga oshiriladigan va toʻldirib boriladigan maʼlumotlar bazasini yaratish. 

Innovatsiyalar yarmarkasini tashkil qilish tizimi uchta blokni oʻz ichiga oladi 

 Birinchi blok “Tashabbuskor biznes”. Mamlakatimiz hamda ilgʻor xorijiy mamlakatlarning davlat va xususiy sektorlari tomonidan mahalliy va xorijiy texnoparklar, texnologik agentlarning tayyor ilmiy va innovatsion ishlanmalar natijalarini va texnologiyalarni tijoratlashtirish sohasidagi faoliyatini yoritish uchun tashkil etilgan koʻrgazma maydoni. 

Ikkinchi blok “Innovatsion yechimlar”. Ushbu maydonda ichki va tashqi bozorlarga chiqish maqsadida davlat va xususiy ilmiy muassasalari tomonidan maket va (yoki) prototip koʻrinishida eng zoʻr mahalliy ilmiy va innovatsion ishlanmalar namoyish qilinadi. 

Uchinchi blok “Koperatsion aloqalar”. Ushbu platforma muloqot va oʻzaro foydali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, sherikchilik va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari sohasidagi dolzarb masalalarni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan qarorlarning miqyosini kengaytirish uchun moʻljallangan. 

To’liqroq: https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/innovaciyalar_yarmarkalar_va_halqaro_forumlarda_ilgari_suriladi  

Koʻrgazmada ishtirok etish uchun quyidagi ariza namunasini yuklab http://innoweek.uz/ru/  

Arizani toʻldirib boʻlgandan soʻng esa quyida koʻrsatilgan bogʻlanish vositalariga yuboring

Ma'lumot Bosh homiylar

Ma'lumot Hamkorlar haqida

Ma'lumot Bog'lanish

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

Manzil: 100060, Toshkent sh., T.Shevchenko ko'ch., 1A, A.Temur ko'chasi, 14

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

Bog'lanish: +998(90) 975-06-66, +998(90) 949-49-94

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

Email: innoweek@mininnovation.uz